Yuksak ma’naviyat kitobxonlikdan boshlanadi

   Haqiqatdan ham yuksak ma’naviyat – keng ta’bir bilan aytganda kitob o’qishdan, kitob mutoalasi va uni his etishdan boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning  2017-yil 12-yanvarida  imzolangan «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida»  farmoyishi barchamizni kitobni sevishga, dunyoqarashimizni kengaytirishda uni yaqin do’st sifatida qabul qilishimiz kerakligini yana bir bor tasdiqladi. Batafsil..

   “Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlari yaratish va o‘quvchilarga yetkazishning mustahkam tizimi yaratildi, bunda O‘zbekistonda ta’lim berilayotgan yettita tilda darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilmoqda. Axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar tizimlari faoliyat ko‘rsatmoqda”, — deyiladi farmoyishda.

“Shu bilan birga, ushbu muhim soha rivoji bilan bog‘liq aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishda bir qator muammolar mavjudligini qayd etish lozim.

Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etilmagan.

Chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkazish, onlayn buyurtma berish va manzilga yetkazish tizimi sust rivojlangan, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatishda elektron kitob shakllaridan keng foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan”, — deya kamchiliklarga ham alohida to‘xtalib o‘tilgan.

   Saytimiz siz, Foydalanuvchilar uchun faoydali, shu jumladan, o’zbek adabiyotining klassik va zamonaviy asarlarini taqdim etib boradi. Bu kitoblar sizni yuksak pog’onalarga erishishingizda yo’ldosh bo’ladi degan umiddamiz!