DIKTANTNI BAHOLASH MEZONLARI

Ishtirokchilar ushbu mezon bilan tanishtirilishi lozim

Diktant 5 ballik tizimda baholanadi:

-“5” baho – matn husnixat bilan yozilgan, imlo xatolarsiz, yoki 1-2ta imloviy, 2tagacha ishoraviy xatolar  bo‘lsa;

-“4” baho – matn husnixat bilan yozilgan, imlo xatolar  soni 3-4tagacha, ishoraviy xatolar  3tagacha bo‘lsa;

-“3” baho – matn alifbo me’yorlariga rioya qilgan holda yozilgan, imlo xatolar  soni 5-7tagacha, ishoraviy xatolar  5tagacha bo‘lsa;

-“2” baho – matn alifbo me’yorlariga rioya qilgan holda yozilmagan, imlo xatolar  soni 8-9tagacha, ishoraviy xatolar  7tagacha bo‘lsa;

Imlo xatolar soni 10 va undan ortiq bo‘lganda diktant baholanmaydi yoki 0 qo‘yiladi.

Izoh: Bir tipdagi xatolarning hammasi  bitta xato sanaladi.

Bir xil va har xil tipdagi xatolar

– muayyan grammatik hodisa va bir orfografik, punktuatsion, uslubi qoida bilan bog‘liq nuqsonlar bir xil tipdagi xatolar hisoblanadi. Bir xil tipdagi xatolarning hammasi bitta xato sanaladi va bu baholash uchun mezon bo‘ladi Masalan, ishtirokchi besh o‘rinda o‘rnida bir so‘zda yozgan bo‘lsa, hammasi bitta orfografik xato hisoblanadi;

– agar ishtirokchi kirish so‘zlarning yozilishida oltita punktuatsion xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, hammasi bitta xato hisoblanadi;

– agar ishtirokchi vergulning kirish so‘zlarda, uyushiq bo‘laklarda va bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida ishlatilish qoidalarini bilmasa bularning har biri alohida-alohida xato sanaladi;

– agar o‘quvchi yozma ishda qaratqich belgisini 3 o‘rinda noto‘g‘ri qo‘llagan bo‘lsa, bitta uslub xatosi sanaladi.