Diktant.uz aksiyasining shiori: Yuksak savodxonlik bilan kelajak sari!

  1. Tashkiliy qism:

-O‘zbekiston madhiyasi yangraydi.

-Rektor tabrigi eshittiriladi.

  1. Ishtirokchilarni saytda ro‘yxatdan o‘tkazish (taqdimot namoyish etiladi)
  • Diktant bosqichi: Auditoriya rahbari: Bu yilgi diktant aksiyasining analogi bo‘lmagan matni muallifi atoqli yozuvchi Ulug‘bek Hamdam. Ommaviy diktant mavzusi: “TILIMIZ – O‘ZLIGIMIZ”. Matnni O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov o‘qiydi. (diktant audiosi eshittiriladi)
  1. Diktant yozish bosqichi:
  2. Matn tushunarli, ifodali tarzda o‘qib beriladi. (Audio eshittiriladi)
  3. Keyin birinchi jumla qayta o‘qib eshittiriladi.
  4. O‘qituvchi yozish oson bo‘lishi uchun birinchi gapni sintagmalarga bo‘lib o‘qib beradi, o‘quvchilar yoza boshlaydilar.
  5. Gap tugaganligini anglatish uchun u qayta o‘qiladi. Shu tariqa jumlama jumla o‘qib beriladi.
  6. O‘z-o‘zini tekshirish imkoniyatini berish uchun matn yana to‘la o‘qib eshittiriladi.

Imlosi qiyin yoki o‘quvchiga notanish so‘zlar izohlanishi ham mumkin.

  1. DIKTANTNI BAHOLASH MEZONLARI (Ishtirokchilar ushbu mezon bilan tanishtirilishi lozim)

Diktant 5 ballik tizimda baholanadi:

-“5” baho – matn husnixat bilan yozilgan, imlo xatolarsiz, yoki 1-2ta imloviy, 2tagacha ishoraviy xatolar  bo‘lsa;

-“4” baho – matn husnixat bilan yozilgan, imlo xatolar  soni 3-4tagacha, ishoraviy xatolar  3tagacha bo‘lsa;

-“3” baho – matn alifbo me’yorlariga rioya qilgan holda yozilgan, imlo xatolar  soni 5-7tagacha, ishoraviy xatolar  5tagacha bo‘lsa;

-“2” baho – matn alifbo me’yorlariga rioya qilgan holda yozilmagan, imlo xatolar  soni 8-9tagacha, ishoraviy xatolar  7tagacha bo‘lsa;

Imlo xatolar soni 10 va undan ortiq bo‘lganda diktant baholanmaydi yoki 0 qo‘yiladi.

Izoh: Bir tipdagi xatolarning hammasi  bitta xato sanaladi.

Bir xil va har xil tipdagi xatolar

– muayyan grammatik hodisa va bir orfografik, punktuatsion, uslubi qoida bilan bog‘liq nuqsonlar bir xil tipdagi xatolar hisoblanadi. Bir xil tipdagi xatolarning hammasi bitta xato sanaladi va bu baholash uchun mezon bo‘ladi Masalan, ishtirokchi besh o‘rinda h o‘rnida bir so‘zda x yozgan bo‘lsa, hammasi bitta orfografik xato hisoblanadi;

– agar ishtirokchi kirish so‘zlarning yozilishida oltita punktuatsion xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, hammasi bitta xato hisoblanadi;

– agar ishtirokchi vergulning kirish so‘zlarda, uyushiq bo‘laklarda va bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari orasida ishlatilish qoidalarini bilmasa bularning har biri alohida-alohida xato sanaladi;

– agar o‘quvchi yozma ishda qaratqich belgisini 3 o‘rinda noto‘g‘ri qo‘llagan bo‘lsa, bitta uslub xatosi sanaladi.