Siz ona tilimiz rivojiga befarq emasmisiz?!

O‘z savodxonligingizni sinab ko‘rmoqchimisiz!

Kelajakda ham o‘z yozma nutqingizni rivojlantirib borishni istaysizmi?

Unda www.diktant.uz saytiga a’zo bo‘ling!

Aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lgan xohlovchilar www.diktant.uz saytida oldindan ro‘yxatdan o‘tishlari maqsadga muvofiq.

O‘zbek tilida o‘qish va yozishni biluvchilar, yoshi, kasbi va ma’lumotidan qat’i nazar,  barcha aholiningdiktant.uz aksiyasida ishtirok etishlari ona tiliga hurmat va vatanparvarlik ruhini kuchaytiradi.

www diktant.uz saytiga a’zo bo‘lib, o‘z shaxsiy kabinetingizni oching va ma’lumotlar bilan tanishing! Til madaniyati va savodxonlikni o‘z ko‘rkingizga aylantiring! Aksiyada ishtirok eting! Shu kichik xizmatingiz tilimiz rivojida katta hissa bo‘lib qo‘shilishiga, ona tili millatni birlashtiruvchi eng katta kuch ekanligiga ishoning!

2019 yil 28 may soat 15.00da Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan tashkil etilayotgan ommaviy diktant aksiyasida ishtirok eting!