Insho rejalari

Mavzu: Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida yuksak ma’naviy mezonlar talqini

Reja:

I. Kirish. «Qutadg’u bilig»ning yozilish tarixi, sabablari, unga asos bo’lgan haqiqiy omillar.
II. Asosiy qism:

  1. Dostondagi asosiy qahramonlar, ularning ramziy ma’nolari, ularga yuklatilgan badiiy vazifalar to‘g‘risida.
  2. Beklik shart va talablari bayon qilingan bobning asardagi o’rni, hozirgi paytdagi ahamiyati.
  3. Asarda til va nutq odobi masalalari.
  4. Asarda adolatparvarlik g‘oyalarining tarannum etilishi.
  5. Hikmatli so’z kabi jaranglaydigan baytlarning zamonlar uzra jarangi.

III. Xulosa. Shoir g‘oyalari amalda.

Mavzu: «Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanidagi Anvar obrazi»

                                                                    Reja:
I.Kirish. Abdulla Qodiriyning nasriy asarlari haqida ma’lumot.
II. Asosiy qism:

  1. Anvar timsoli orqali ilm olishga ishtiyoqmand, qobiliyatli yoshlar xarakterining berilishi.
  2. Anvar — o‘z so‘zida sobit turadigan sadoqatli do‘st.
  3. Anvar timsolida vafodorlik va pokdomonlik tuyg‘ularining ulug‘­lanishi.
  4. Anvar timsoli yordamida ijtimoiy tuzumdan norozilik kayfiyat­larining berilishi.

III. Xulosa. Anvar timsolining tarbiyaviy ahamiyati.

Mavzu: «Abdulla Oripov she’riyati va zamonamiz»

Reja:

I. Kirish. «Abdulla Oripovning she’riy asarlari haqida ma’lumot».

II. Asosiy qism:

  1.  Abdulla Oripovning she’rlarida ona O‘zbekiston go‘zalliklarining ulug‘lanishi;
  2. Shoir asarlarida zamondoshlarimiz obrazi;
  3. Abdulla Oripov she’rlarida istiqlol mavzusining yoritilishi.

III. Xulosa. Mustaqillik davri adabiyotida Abdulla Oripovning tutgan o’rni.