Namuna 2

MEN DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZMNING  TAHDIDINI QANDAY TUSHUNAMAN?

Reja:

  1. Diniy ekstremizm – asr vabosi.
  2. Diniy ekstremizm O’zbekistonda
  3. Jamiyatga tahdid o’z kelajagimizga tahdid

    Dinning paydo bo‘lishi  haqida yagona fikr yo‘q bo‘lsa-da, lekin islom dini ta‘limotiga ko‘ra din –  Alloh  tomonidan  o‘z payg‘ambarlari orqali bashariyat  olamiga joriy etilajagi zarur bo‘lgan ilohiy qonunlardir. Tabiat va insonni yaratgan, ayni vaqtda insonga  to‘g ‘ri,  haqiqiy hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonchni ifoda etadigan ta‘limotdir.  Xo‘sh, hozirgi  globallash- gan,  ya’ni  hayot  sur’atlar  tezlashgan  zamonda din o‘zining  ezgulikka  xizmat qilishdek  vazifasini to‘la saqlab qola oldimi?  Yoki bo‘lmasa din o‘ziga bo‘layotgan har xil tajovuzlardan xolimi degan savollarga beradigan javobimiz afsuslar bo‘lsinki ijobiy emas.  Biz yashayotgan  XXI asrda insonlarning , ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodning hayotiga keskin burilishlar yasab,  xavf soluvchi, ba’zi hollarda esa  insonlarning hayotini fojia bilan yakunlaydigan diniy ekstrimizm va terorizm kabi oqimlar paydo bo‘ldiki, bu hech  birimizga sir  emas, albatta. Achinarlisi shundaki, bu oqim tarafdorlarining  80%idan ko‘prog‘i o‘z g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishda islom dinini  niqob qilib olganlar.  Diniy ekstrimiz – jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidaviy ahkomlar tizimini inkor etib, ularga zid bo‘lgan “g‘oyalar” va amallarni agressiv tarzda targ‘ib qilishdir. Diniy ekstremizm tarafdorlari o‘z  oldilariga siyosiy maqsad larni qo‘yadi, ularning maqsadi islom davaltini  barpo qilish va jamiyatni  to‘lig‘acha islomlashtirishdir. Diniy ekstrimizm Yaqin va O‘rta  sharqda “ Musulmon-birodarlar” ,  Markaziy Osiyo va Kavkazada “ Vahhobiylik”  kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ldi, ular jamiyatga,  qonunlarga deyarli bir xil  uslubda qarshi kurash olib bordilar.

Diniy ekstrimizm  O‘zbekistonda ham muayyan ko‘rinishda  sodir bo‘di. Bo’lib o’tgan voqealardan ma’lumki,  diniy aqidaparastlarning asl maqsadi konstitutsiyaviy tuzumga zarba berish va  hokimiyat tepasiga  kelish ekanini ko‘rsatdi. 2000-yil ekstrimistlar O‘zbekistonga qurolli hujum uyushtirdi. Ana shu paytlarda O‘zbekistonning birinchi  prezidenti Islom Karimov  butun dunyoni xushyorlikka da’vat etgan edi va “ Bugun dinimizni asrash kerak, mo‘min –musulmonlarni himoya qilish kerak. Lekin dinimizni birinchi galda,  o‘zini “ chin musulmon”  deb da’vo qilayotgan ana shu yovuz kuchlardan, har qadamda  “jihod “ deb og‘iz ko‘pirtirib, din nomidan buzg‘unchilik qilayotgan qonxo‘r va qotillardan asrash kerak “ – degan edi .Terrorizm so‘zining ma’nosiga e’tibor bersak, terrorizm ( lotincha terror – qo‘rqinch,  dahshat) siyosiy raqiblarni, muxoliflarni  yo‘qotish yoki qo‘rqitish, aholi o‘rtasida  vahima va tartibsizlar keltirib chiqarish maqsadidagi zo‘ravonlik harakatlari( ta’qib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar.). Hozirgi kunda u xalqaro terrorizm shaklini oldi.   Diniy ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan tushunchalar hisoblanadi, ya’ni ularni har ikkisida ham siyosi y maqsad ko‘zlangan bo‘ladi. Diniy ekstrimizm tarafdorlari yosh bolalarni o‘z manfur maqsadlarini amalga oshirish uchun  ularning bellariga  portlovchi moddalarni bog‘lab, aldab, odamlar gavjum joylarga yuborib, qo‘poruvchilik vositasi sifatida portlatib yuborishmoqda.  Diniy ekstremizm tarafdorlarining bu xatti-harakatlarini hech bir vaj bilan oqlab bo‘lmaydi. Bularni Orifjon Madvaliyevning quyidagi satrlarini o‘qish orqali  yana-da ko‘z oldimizga keltirishimiz mumkin:

 Ey vatan farzandi,  mo‘min yurtdoshim,

 Qara dunyo  qanday qalqib turibdi.

 Seskanmay nohaq qon to‘kkan vaxshiylar

 O‘zini musulmon sanab yuribdi.

 Shu yovuzlar sabab har  kuni qancha

 Begunoh insonning to‘kilar qoni.

 Bechora onalar faryod chekkancha,

 Yig‘laydi ko‘klarga o‘rlar fig‘oni…

  Aslida  “ Islom “ so‘zining lug‘aviy ma’nolaridan biri  “tinchlik” hisoblanadi. Islom dini hech qachon insonlarni qotillikka, buzg‘unchilikka, qo‘poruvchilik kabi qabih ishlarga undamagan. Lekin hozirgi paytda terrorchilar o‘z yovuz maqsadlarini amalga oshirish uchun  buzg‘unchilik va qotillik, odamalarni dahshatga solishni   kasbga  aylantirganlar.   Qur’oni Karimda begunoh odamlarning  joniga qasd qilish qoralanadi.

 Mana shunisi achinarliki,   diniy ektrimizm yoki terrorizm tarafdorlari bo‘lgan kimsalar  kishilar ongini zabt etishning eng oson yo‘llari ommaviy axborot vositalari,  intenetdan ham keng foydalanmoqda.  Oqibatda  ongida  ma’naviy bo‘shliq  bo‘lgan kishilar, ayniqsa yoshlar bu oqimga osonlikcha kirib qoladilar.  Irlandiyalik taniqli notiq va siyosatshunos  Edmund Berk  shunday degan edi: “Yoshlarning ongida qanday kayfiyat ustunligini aytsang, men senga keyingi avlodning tabiati qanday bo‘lishini aytib beraman” .  Ular yoshlarni o‘zlariga bo‘ysundirishning yo‘llaridan biri dastlab  inson ongiga ta’sir o‘tkazish kerakligini juda yaxshi anglashadi. Bu yo‘lda yaxshi vositachilardan biri bu internet tarmog‘idir. Mutaxassislarning fikricha hozirgi kunda 100 mingdan ortiq saytlar ekstremizmning turli ko‘rinishlarini  o‘zida tashuvchi g‘oyalar targ‘iboti bilan shug‘ullanmoqda .  Ularning maqsadi,  asosan, ko‘p vaqtini internetda  o‘tkazuvchi,  vaqtincha ishsiz,  xorijda pul topish ilinjida yurgan  va ijtimoiy holatidan norozi  bo‘lgan yoshlarni  saflariga qo‘shishdir. Hayotda o‘z mustaqil fikriga, dunyoqarashiga ega bo‘lmagan yoshlar diniy ekstremizm va terrorizm oqimi vakillarining  da’vatlariga uchib,  bunday oqimlarga moyil bo‘la boshlaydi.  Bunday ijtimoiy tarmoqlar “ ekstrimistik tarmoqlar” vazifasini o‘tamoqda. Bizning yurtimizda  insonlarning ayniqsa yoshlarning bunday oqimga kirib ketishiga qarshi ko‘plab chora – tadbirlar ko‘rilayotganiga qaramasdan, ming afsuslar bo‘lsinki, ba’zi yoshlarimiz Iroq, Suriya kabi  terrorizm markazlari bo‘lgan  davaltlarga ketmoqdalar. Ular hatto o‘z kindik qoni to‘kilgan zaminga  qarshi qurol o‘qtalmoqda, o‘z ota-onasi, yor-u birdarlariga qarshi chiqmoqdalar. Bu insonlarni qanday qilib  o‘zbek degan nomga munosib ko‘rish mumkin?  O‘z vatanini sotgan va unga xiyonat qilgan kimsa sotqin hisoblanadi va u hech qachon o‘zbek degan nomga munosib bo‘la olmaydi.  Shunday ekan har bir fuqaro HUSHYOR va OGOH  bo‘lib yashashi  lozim. Ayniqsa  O‘zbekiston  Respublikasining birinchi prezidenti  Islom Karimov  xalqimizni  xushyor va ogoh bo‘lishga  bot-bot chaqirar edilar. Xulosa qilib aytganda, diniy ekstrimizm va uning salbiy oqibatlarini yaxshi anglab yetgan  va   hayotda o‘z o‘rnini topishga harakat qilib, butun kuch va g‘ayratini  sarflayotgan yoshlarga ogoh bo’lishlarini, yon-atrofdagi bo’layotgan ishlarga befarq bo’lmasliklarini aytib qolgan bo’lar edim.