
⚡️2025/2026-oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
Davlat qabul komissiyasining tegishli bayoniga asosan 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining miqdorlari tasdiqlandi.
🗓 Bunda 1-kurslar to‘lov kontrakt miqdorining kamida 25 foizini30-oktyabrgacha toʻlashi mumkin.
💰 Shuningdek, respublika OTMlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega boʻlgan va tegishli tavsiyanoma asosida suhbat bilan qabul qilinganlar uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari – 2025/2026-oʻquv yili uchun belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va shakli boʻyicha bazaviy toʻlov-kontrakt qiymati miqdorlariga nisbatan 2 barobar miqdoridabelgilandi.
❗️Eslatma: moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq 2025/2026-o‘quv yilida qabul qilingan talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega.
👉 @xushnudbek 👈