8-mart She’r👍 (uzundan uzun)
Dаng’illаmа uylаr qurdirаdigаn,
Qаrsillаtib tõylаr qildirаdigаn
Erlаrining sоqоlini,
xаr kuni qirdirаdigаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Shirin qilаr оshingni,
Zаxаr qilаr оshingni.
Tergin deyа tоshingni.
Og’ritsа xаm bоshingni.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Aytgаnini qilsа xаm,
Ustimizdаn kulsа xаm.
Begоnа duxilаrni,
Yuz metrdаn bilsа xаm.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Tur desаng õtirsа xаm ,
õtir desаng tursа xаm.
Kun bõyi pаrdоz qilib
Sаlоnlаrdа yursа xаm.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Jаxldа shimаrsа yeng,
Nаq enаmni kõrdim deng.
Tоqаti tоg’lаrgа teng.
Bilаgi Alplаrgа teng.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Bоzоrlаrdа yugurgаn.
Sаndiqlаrni tõldirgаn
Xаmmа ishgа ulgurgаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
Qudа tаnlаb qidirgаn.
Suymаgаnni suydirgаn.
Muqоm qilib kuldirgаn.
Kelinini kõndirgаn.
Ayоllаr оmоn bõlsin!
8-mart
😊Beshik quchib allalar aytgan,
Har tuqqanda o’limdan qaytgan,
Gul iforli nozik gulbadan,
Sen dunyoga keraksan AYOL.
Sen bo’lmasang Erkaklar xarob,
Orzu, umid, Ertaklar sarob,
Mayli ba’zan bersang xam azob,
Sen dunyoga keraksan AYOL.
Qorasanmi yoki oq, sariq,
Semizsanmi yo o’rta, oriq,
Bo’lsin mayli tovoning yoriq,
Sen dunyoga keraksan AYOL.
Xar bir millat yashnashi uchun,
Qo’rqmay qadam tashlashi uchun,
Har zamonda, xar kecha, xar kun,
Sen dunyoga keraksan AYOL.
Sen quyoshsan mexrga to’lgan,
Sen bir gulsan qarovsiz so’ligan,
Opa, singil, ona, qiz bo’lgan,
Sen dunyoga keraksan AYOL.
Saxroda-yu chaman bog’da xam,
Yaxshi kunda, yurak dog’da xam,
Sochinga oq tushgan chogda xam,
Sen dunyoga keraksan AYOL. 😊
🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺🌺
8-mart tabriklar
1.Ne so’z bilan boshlashga xam o’lanaman, Qanday tabrik yo’llayin deb qiynalaman, Sizga sovg’a izlab do’kon aylanaman, Ayting menga bo’lsa biror kamingiz? Qutlay axir bugun sizni bayramingiz!
2.Onam, opam, singlim yaqin suyukligim, Siz bor asli shunda meni buyukligim, Siz yo’q unda uyda bizni kutadi kim? Bizga oliy ne’mat sizni borligingiz! Qutlug’ bo’lsin qadrdonim bayramingiz!
3.Goxo bitta shirin so’z xam aytolmaymiz, Ranjitamiz ko’z yoshingiz artolmaymiz, Uzur so’rab bir dona gul tutolmaymiz, Bugun sizga qaytarayin xush damingiz, Qadirdonim qutlug’ bo’lsin bayramingiz!
4.Har kun sizga peshvoz ro’zg’or yumushlari, Supir-sidir yana farzand tashvishlari, Parvoyimiz kelmas sizdan ketib nari, Qadriga xam etmaymiz gox mexnatingiz, Qadirdonim qutlug’ bo’lsin bayramingiz!
5.Saxar turib tandirlarda yopasiz non, Farang bo’yi kelmas sizda jambil rayxon, Turmushizdan nolimaysiz siz xech qachon, O’zim olay bugun barcha g’amlaringiz,
Qadirdonim qutlug’ bo’lsin bayramingiz!
6.Qulog’ingiz to’ldi qancha Ertaklarga, Va’dalarni berib yo’ydik Ermaklarga, Xudo insof berib bu kun Erkaklarga, Baxt quvonchdan kuldirishsin yuzlaringiz, Qadirdonlar qutlug’ bo’lsin bayramingiz!
7.Ayolini E’zozlagan Erlar obod,
Ayollarni E’zozlagan yurtlar obod, Ko’rmoq nasib Etsin xar kun sizlarni shod, Baxtimizga omon bo’ling xar biringiz! Azizlarim qutlug’ bo’lsin bayramingiz!
8-Mart Xalqaro Xotin-qizlar kuni bayramingiz bilan chin dildan tabriklayman!