8-martga bag’ishlangan tadbir senariy

8-mart onajonlar bayrami ssenariysi
8-mart onajonlar bayrami ssenariysi

Xona bayramona bezatilgan.Gullar, sharlar ilingan.Katta harflar bilan “Ona –ulug’ zot” deb yozilgan.O’quvchilar chiroyli kiyingan.”Sen baribir muqaddasan ayol”qo’shig’I bilan sahnaga o’quvchilar kirib keladilar.
1-boshlovchi:Salqin saharlarda,bodom gulida,
Binafsha labida,yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi
Bahmal vodiylarda,qirlarda bahor.

   2-boshlovchi:Assalomu alaykum ,munis onajonlar,go’zal va lobar qizlar.Mana,o’lkamizga bahor  fasli  kirib  keldi .Bahor  faslida nishonlanadigan   bayramlardan  biri  8-mart  xotin –qizlar  bayramidir. 
   1-boshlovchi:Bugun  shu    bayram munosabati  bilan  tadbir  tashkil  qildik .Marhamat  tomosha  qiling.  

(Sahnada “Bahor valsi”kuyiga raqsga tushiladi)

O’quvchi: Husn-u malohatning tengsiz timsoli,
Farzand baxtin ko’rish o’y-u xayoli.
Farishtaga o’rnak oydek jamoli,
Aziz mukkaramsan-o’zbek ayoli.
O’quvchi: Sen uchun farzandning baxti bo;lsa bas
O’tkinchi dunyoni qilmaysan havas.

                 Har  kiygan  libosing  malaklarga  xos
Muqaddas, azizsan- o’zbek  ayoli.

O’quvchi: Sen uchun boshimiz egikdir mudom,
Sen uchun yurakda,dilda ehtirom,
Nomihg aytsam,jaranglar bir nom
Aziz va munissan-o’zbek ayoli.

   1-boshlovchi: Har  bir  insonni  ONA  voyaga  yetkazadi.Xatto buyuk  insonlarni  ham  ONA  dunyoga  keltirgan.G’azal  mulkining  sultoni  Alisher  Navoiyni   ham  ONA dunyoga  keltirgan.Alisher  Navoiyni  onasi  uchun  atalgan  she’rni O’zbekiston  xalq  shoiri  Abdulla  Oripov  yozgan.
           Alisherning   onasi

Bilmam qanday ayol bo’lgan
Alisherning onasi
Balki unung aqliga ham
Lol qolgan zamonasi.
Balki uning ko’zlarida
Bo’lgan og’ir bir hayol.
Balki g’amgin bir zotdir u,
Balki sho’hchan bir ayol.
Balki buyuk farzandiga
Terib kelgan chechaklar.

Balki tunlar unga bedor
Aytib bergan ertaklar.
Mayliga, u kim bo’lmasin,
Yolg’iz bir so’z ma’nosi:
Alisherning onasi u,
Navoiyning onasi.
(o’g’I bolalar va qizlar ijrosida vals)
Onalar haqida 10 hikmat

Farzand uchun ona og’ushidan yahshiroq ,yoqimliroq va sevimliroq joy yoq.
Dunyoda hech bir gul onaning bolaga qilgan tabassumidan chiroyli emas.
Onaning bir qo’li beshikni, ikkinchi qo’li dunyoni tebratadi.
Sharaf tojini istama,onang roziligini izla.
Ona –quyosh,uning mehr tafti hech qachon sovutmaydi.

         (Onalar haqida  qo’shiq “Oyijon-oyijon”)

1-boshlovchi: Onalar haqida qancha gapirmaylik ‘qanchalik e’zozlasak shuncha oz.
2-boshlovchi:Bayramingiz muborak bo’lsin,aziz va mehribon buvijonlar,onajonlar hamda opa-singiljonlar!Baxtimizga hamisha sog’-omon bo’ling,chehrangisdan quvonch, yuzingizdan doimo tabassum, mehr to’la ko’zlaringizdan baxt ,shodlik yog’ilib tursin.
Aziz onalar va opa-singillar bugungi 8-martga atalgan kechamiz ham o’z nihoyasiga yetdi.
E’tiboringiz uchun rahmat!

  8 – MART Onajonlar bayrami ertaligi