Ustozlar va kitob haqida sherlar to‘plami bolalar uchun


#Ustozlar haqida she’rlar.
Kichik guruh uchun.
Muallim.

Bilim berib bizlarga,
Jajji o’g’il qizlarga,
Siz buyuk muallim,
Qilaman sizga ta’zim.

✍: Islomova Mukambar

#Sher

Yaxshi bola maktabda
O’qir doim a’loga
Yomon bola o’qimay
Qolar boshi baloga.
Shuning uchun o’rtoqjon,
Mehring bergin kitobga,
Chunki kitob o’rgatar,
Seni ilm-u odobga.

#Sher

Oyimga ham, Dadamga ham,
Doim kulib boqaman.
Oyimga ham, Dadamga ham,
Juda-juda yoqaman.
Ko’chamizdan o’tganlarga,
Salom beraman kulib.
Qani, hamma shunday qilsa,
Yurmasa qovoq uyib.
Odamlar ham bir-biriga
Doim kulib qarashsa.
Qanday yaxshi, kimdir-kimga,
Shodligini ulashsa.

#Sher

O‘rganar avval odob
Kitob o‘qigan bola.
Yuzi bo‘ladi oftob
Kitob o‘qigan bola.
Hurmat qilar kattani,
Kichiklar jon-u tani,
Bajaradi va’dani —
Kitob o‘qigan bola.
Suhbati xo‘p serma’no,
Yurish-turishi a’lo.
Olar faqat “besh” baho
Kitob o‘qigan bola.

#Sher

Tinchlik g’unchalarining
Sohibkor bog’bonisiz,
Kelajak chamanzorin
Ishongan posbonisiz.

Jajji qalblar nur olar
Mehringiz ziyosidan,
Tiniqib, poklanadi
Ilm, odob dunyosidan.

Vatanga sadoqatni,
Xalqqa mehribonlikni,
Halollik, bag’ri kenglik,
Do’stga mehri konlikni.

Har bitta darsingizda
Aytilgan so’zingizdan,
O’rgandik insonlikni
Muallim o’zingizdan!