Suv haqida maqollar
- Yer — xazina, suv — gavhar.
- Yerni buzadigan ham suv, tuzadigan ham suv.
- Oldingdan oqqan suvni qadri yo’q.
- Suv — zar, suvchi — zargar.
- Suvning ko’rinishi muloyim, bag’ri esa tosh.
- Suvning ozi ham bir balo, ko’pi ham bir balo.
- Do’st do’stga boqar, suv soyga oqar.
- Oshning ta’mi tuz bilan, suvning t’a’mi muz bilan.
- Suv — hayot manbai.
- Suvni bersang elga, yasharsan ming yilga.
- Har toycha o’zi suv ichgan bulog’ini maqtar.
- Oqar suvning haromi yo’q.
- Bir kishi ariq qazar, ming kishi suv ichar.
- Ko’lmak suvga — sassiq alaf.
- Ko’r ko’rni topar, suv — chuqurni.
- Oy suluvi — nur, Soy suluvi — suv.
- Birov suv topolmaydi ichgani, birov suv topolmaydi kechgani.
- Suvni ming qaynatsa ham quyulmas.
- Suv ichadigan qudug’ingga tupurma.
- Suv ichganda, ariq qaziganni unutma.
- Suvni ich, chashmani bulg’ama.
- Yiroqdagi suv bilan chanqoqlik qonmas.
- Suv ham qattiq yerda to’xtab turar.
- Toshni siqqan bilan suv chiqmas.
- Pismiq, telba farq qilar, tinch oqqan suv g’arq qilar.
- Suvga suyanma, yovga sig’inma.
- Suvsiz xayot bo‘lmas, Bilimsiz najot bo‘lmas