«OILA» haqida topishmoqlar

«OILA» haqida topishmoqlar

Kim subhidam turadi,
Masjidga yo‘l oladi.
Bog‘da gul~nihollarni
Parvarishlab qaraydi.
Har bir so‘zlari maqol
Farishtali oqsoqol.
(BOBO)

Bizni suyar va alqar,
Maqol~hadislar so‘ylar.
Nur yog‘ar yuzlaridan
Bol tomar so‘zlaridan.
«Bolaginam bolasi»
Sevimli so‘zlaridir.
O‘pib, quchib silaymiz
Nur yoqqan yuzlaridan.
(BUVI)

Erta tongdan tinmagan
Ish~o‘qishga kuzatgan.
Yoparlar tandirda non,
Tayyor doim dasturxon.
Qildirarlar darsimiz,
Toza kiyim~boshimiz.
Ular bo‘lmasa bir on,
Izalb deymiz (OYIJON).

Ot mingimiz kelganda
Mindirdilar ot bo‘lib.
Buzilsa o‘yinchog‘im
Sozlarlar usta bo‘lib.
Mashina ham haydarlar,
Bozorlik ham qilarlar.
Ishdan bo‘sh vaqtlarida
Parkka olib borarlar.
Jasur va pahlavonim
Bu mening (OTAJONIM)

Ingalab yig‘lar doim,
So‘rg‘ich tutadi oyim.
Yurmaydi, o‘ynamaydi,
Xatto, bir so‘z demaydi.
Barcha uni sevadi,
Doim o‘pib~quchadi.

(Chaqaloq uka, singil)

Yog‘och saman ot mingan,
Rosa sho‘xliklar qilgan.
Bog‘chaga borar o‘zi,
Shirmoy kulchadek yuzi.
(O‘g‘il-uka)

Oyisiga yordamchi,
Ham a’lochi o‘quvchi.
Qosh~ko‘zlari ko‘zmunchoq
Ovozlari qo‘ng‘iroq.
Supuradi hovlini.
Ochib yerning yuzini.
Tabiatni ham sevar,
Gullariga suv quyar.
Sizlar uchun maxsus