Akademik litseylarga test sinovlari 24-25-iyul kunlari bo’ladi
#abituriyent 2025-2026-o‘quv yili uchun akademik litseylarga kirish test sinovlari 24-iyul kuni (barcha hududlarda) va 25-iyul kuni (faqat Toshkent shahrida) bo’lib o’tadi. Bunda:
1️⃣-smena — 09:00 da;
2️⃣-smena — 15:00 da boshlanadi.
📚 Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.
⏳ Barcha test topshiruvchilar uchun topshiriqlar soni jami 60 ta bo‘lib, shundan 20 tasio‘quvchining intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo‘yicha hamda ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan bo‘yicha jami 40 ta test savollari tushadi.
📌 To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball — 146:
🔹1-fan — 3.1*20=62;
🔸2-fan — 3.1*20=62;
🔹IQ — 1.1*20 =22.
👨🏻💻 Talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishini my.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
❗️Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga test sinovi boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari lozim.
👉 @xushnudbek 👈