Non bolasi — non ushoq.
Non bo’lsa bas,
O’zgasi havas.
Non qadrini och bilar,
Kiyim qadrini — yalang’och.
Non qon bo’lsa, qon — jon.
Non ham non, ushog’i ham non.
Nonvoyga non aziz,
Tegirmonchiga — un.
Nonga e’tibor — elga e’tibor.
Nonga hurmat — elga hurmat.
yana boshqa mavzularda maqollar
Tilab olgan non qorin to’ydirmas.
Abjir bo‘lsa farzanding,
Cho‘ldan non terar.
Beli og‘rimaganning non yeyishini ko‘r.
Katta-katta gapiiguncha,
Katta burda non tishla.
Avval — non, keyin in’om.
Borning bolasi mol deb turar,
Yo‘qning bolasi — non.
Kambag‘alning ko‘ziga kepchak non bo‘lib ko‘rinar.
Kambag‘al non yeydi,
Boy — qon.
Boyning ko‘zi nonda,
Kambag‘alniki — imonda.
Xasisdan don tilaguncha,
Gadoydan non tila.
Bug‘doy noning bo‘lmasa ham,
Ochiq yuzing bo‘lsin.
Non yemasning ishiga boq.
Dashnom yeganim — besh non yeganim.
Yotar qursoqqa — yorti non.