Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorilarimenejerlik oʼquv kurslarida oʼqib imtihondan oʼtolmasa mehnat shartnomasi bekor qilinadimi?

savol
savol

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorilari
menejerlik oʼquv kurslarida oʼqib imtihondan oʼtolmasa mehnat shartnomasi bekor qilinadimi?

Savol❓Men Maktabgacha talim tashkiloti direktoriman. Yanvarь oyida menejerlik oʼquv kursida oʼqidim ammo imtixondan oʼtolmadim. Shunda boʼlim yoki boshqarma tomonidan meni ishdan boʼshatish mumkinmi?

HUQUQShUNOS JАVOBI: Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 avgustdagi 531-son qaroriga 1-ILOVА sifatida tasdiqlangan “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik oʼquv kurslarida oʼqitish va ularga menejerlik sertifikatini berish tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomning 39-bandi Belgilangan ballni toʼplay olmagan nomzodlar bir yil ichida navbatdagi bitta yakuniy sinovda ishtirok etish huquqiga ega.

Birinchi marta yakuniy sinovdan oʼta olmagan direktorlar ikki oy ichida bir marta yakuniy sinovda ishtirok etishi mumkin. Ushbu muddat ichida yakuniy sinovda ishtirok etmagan yoki ikkinchi yakuniy sinovda ham belgilangan ballni toʼplay olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

Nomzodlar va direktorlar navbatdagi yakuniy sinovda ishtirok etish uchun maxsus portal orqali elektron shaklda ariza beradi.

Navbatdagi yakuniy sinovda ishtirok etish uchun nomzodlar va direktorlardan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida toʼlov undiriladi.

Ikkinchi marta ham yakuniy sinovlarda belgilangan ballni toʼplay olmagan nomzodlar qayta oʼquv kursida oʼqiganidan soʼng yakuniy sinovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega boʼladi.

Yuqoridagilarga asosan siz ikkinchi marta qayta yakuniy sinovdan oʼtishingiz kerak. Аgar siz ikkinchi marta ham yakuniy sinovdan oʼta olmasangiz, siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

     @Huquqshunos_yordami 

  Менга ҳадя қилинган машинада хотинимнинг улуши борми?