Maktabda ishlayman homiladorligim sababli attestatsiyaga jalb kilinmasligim mumkunmi?

savol
savol

Savol❓Xomiladorman 1-dekabrdan dekret taʼtiliga chikaman. Noyabrda navbatdagi attestatsiyaga borishimni aytdi zavuch. Xomiladorligim sababli attestatsiyaga jalb kilinmasligim mumkunmi?

HUQUQSHUNOS JAVOBI: Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga 1-ILOVA
Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi NIZOMning 6-bandi quyidagilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi:

fan nomzodi, falsafa doktori (Doctorof Philosophy Phd) yoki fan doktori (Doctor of Schiyense) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;

pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;

homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida bo‘lgan ayollar, ular taʼtilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar;

uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanishni o‘tayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;

mazkur Nizomning 8 va 9-bandlarida ko‘rsatilgan pedagog kadrlar, ularga malaka toifasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri berilgan yoki bir pog‘ona oshirilgan vaqtdan boshlab keyingi besh yil davomida;

respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar, ular chet elda bo‘lgan davrda. Ushbu pedagoglarning malaka toifalari navbatdagi tashkil etiladigan malaka sinovlarigacha saqlanadi;

ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlar asosida raqobatlasha olmaydigan shaxslar uchun eng kam miqdordagi ish o‘rinlariga zaxiraga olib ishga joylashtirilgan pedagog kadrlar, bu ish joylariga qabul qilingan kundan boshlab uch yil davomida.

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq mazkur bandda ko‘rsatilmagan boshqa pedagog kadrlar ham navbatdagi majburiy attestatsiyadan ozod qilinishi mumkin.

  Боланибошқа мамлакатга доимий яшаш учун олиб чиқишда ота-онанинг ҳар иккисининг розилиги бўлиши шартми?

Yuqoridagi qoidaga asosan siz majburiy attestatsiyaga jalb etilmaysiz. Agar sizni majburlasa, Adliya bo‘limiga yoki prokuraturaga ariza berishiz kerak ular holatni o‘rganib chiqib sizga amaliy yordam beradi.