Maktablarda kadrlar bo‘yicha menedjer asosiy shtatdan tashqari dars o‘tishga haqqi bormi ?

savol
savol
Savol❓Men xozirgi Kunda maktabda bir shtat jadval asosida kadr menedjer vazifasida ishlayman. Uzim Oliy malumotli ona tili va adabiyot fani ukituvchisiman ,20 yillik staji  bor. Men uz mutaxassisligim buyicha dars utishga xakkim bormi? 10 soat bo‘sh dars soati mavjud. Tuman MMTB iktisodchilari mumkin emas deb dars soatimni tarifikatsiyadan utkazishmayapdi. 275-sonli karorni 4 bandiga asosan utishga xakkingiz yuk degan javobni vaj kilib turibdi. Lekin karorda aynan kadrlar dars utish mumkin emas degan kursatma yuk.

    HUQUQSHUNOS JAVOBI: Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-son qaroriga 3-ilovada “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida”gi nizom 14-bandiga ko‘ra xalq taʼlimi muassasasining kadr xodimi tomonidan uning egallab turgan shtat birligidan qatʼi nazar, asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda o‘qituvchi lavozimi bilan qo‘shib olib borilishiga (o‘quv yuklamasi yuritilishiga) yo‘l qo‘yiladi.

      Shu qoidaga ko‘ra kadrlar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 10 soatgacha dars olishi mumkin.

   Ushbu nizomning 12-bandiga muvofiq pedagog xodimlar mehnatiga soatbay haq to‘lash o‘rnini bosish tartibida umumtaʼlim muassasalari kadrlar tomonidan o‘tilgan o‘quv soatlari uchun haq to‘lashda qo‘llaniladi.

   Bunda qoida bo‘yicha 10 soat vakant sifatida hududiy mehnat organiga chiqarishi shart. 

  “Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 3271) 15-bandida mazkur masala yanada aniq tartibga solingan. 

   Unga ko‘ra oliy maʼlumotli o‘qituvchilar bilan taʼminlanguniga qadar umumtaʼlim muassasasining tegishli mutaxassisligi bo‘yicha kadr xodimlariga dars berish mumkin.

  Eʼtibor bergan bo‘lsangiz, kadrlar oliy maʼlumotli o‘qituvchilar bilan taʼminlangunga qadar dars berishlari mumkin.

  Yuqoridagilarga ko‘ra kadrlar barcha xodimlar dars bilan taʼminlangandan keyin dars soatlar ortib qolsa, 10 soatgacha dars berishlari mumkin. 
  Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak?