Xodim ishlayotgan tashkiloti tomonidan oʼqishga yuborilsa harajatlarni kim qoplaydi?

savol javob
savol javob

Savol❓Man davlat tashkilotida ishlayman davlat tili bo‘yicha o‘qishga yuborishyabdi u o‘qish pulli ekan shartnomani olib bugalteriyaga bersam pul yo‘q deyabdi boshliqham shunaqa deyabdi KPI olyabsan o‘zing to‘lab o‘qiysanda endi deyishyabdi shunda o‘qishga hodim o‘z yonidan to‘lab o‘qiydimi

  HUQUQSHUNOS JAVOBI:  Mehnat kodeksining 370-moddasi Ish beruvchining xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir huquq va majburiyatlari haqida. 

 Unga ko‘ra: Xodimlarni qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga bo‘lgan zaruratni ish beruvchi belgilaydi, bundan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish zarurati mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan hollar mustasno.

  Xodimlarni qayta tayyorlashga va o‘z malakasini oshirishga yuborish tartibi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadi.

Xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va o‘rtacha ish haqini saqlab qolishi shart.

  Agar qayta tayyorlash yoki malaka oshirish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilsa, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish vaqtida xodimning ish joyini (lavozimini) saqlab turishi shart. 

  Xodimning o‘rtacha ish haqini saqlab qolish masalasi jamoa shartnomasida, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatda yoxud mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra hal qilinadi.

   Xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari, zarur kasblar hamda mutaxassisliklarning ro‘yxati ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishgan holda belgilanadi.

  Yuqoridagi qoidaga asosan o‘qish davrida sizni ish joyingiz va o‘rtacha oylik ish haqqingiz saqlanadi. O‘qish uchun to‘lovlarni to‘lab berish masalasi xodim va ish beruvchi o‘rtasida tuzilgan kelishuvga asosan hal qilinadi, ya’ni agar ish beruvchi hoxlasa, o‘qish harajatlarini to‘lab berishi mumkin. Agar ish joyingizda tuzilgan jamoa shartnomasida xodimlarni malaka oshirish harajatlarini ish beruvchi qoplab berishi belgilangan bo‘lsa, ish beruvchi sizning o‘qish harajatlaringizni to‘liq qoplab berishga majbur.

     @Huquqshunos_yordami

  ❓Алимент тўловчилар четга чиқиши қонунан тақиқланганми?