Bankning “Qora ro‘yxatidan chiqish mumkinmi?

savol
savol

Cavol❓Bankdan kredit olgan edim, ammo o‘z vaqtida to‘lay olmadim.
Bankdan kredit olay desam bermayabdi
Qora ro‘yhatdasiz deyabdi.
Yana kredit olish uchun qanday qilib qora ro‘yhatdan chiqishim mumkin.

    HUQUQSHUNOS JAVOBI:   «Qora ro‘yxat» aslida mavjud emas va Kredit byuro tomonidan qarz oluvchilarning «qora ro‘yxat»i yuritilmaydi. 

Ushbu atama ba’zi kredit tashkilotlari tomonidan kredit olish uchun ariza beruvchining kredit tarixi salbiy bo‘lgan yoki skoring bali past bo‘lgan hollarda ularga kredit ajratilishini rad etish uchun ishlatilmoqda

   Siz ijobiy kredit tarixini shakllantirish uchun muntazam ravishda to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida yoki muddatidan oldin amalga oshirib borishingiz kerak bo‘ladi. 

   Shu bilan birga, qarz oluvchi doimiy ravishda kredit olgan va uni o‘z vaqtida (tasdiqlangan to‘lov grafik jadvaliga muvofiq) so‘ndirib borgan bo‘lsa, kelgusida kredit olish imkoniyati yanada oshib boradi. 

   Siz Markaziy bankka murojaat qilib salbiy kredit tarixingizni to‘g‘rilashda amaliy yordam berishlarini so‘rashingiz kerak. 

     @Huquqshunos_yordami

  Qaramog‘ida 3 yoshga to‘lmagan farzandi bor xodim attestatsiyaga jalb qilinmaydimi?