Pedagog hodimlar uchun malaka oshirish sertifikatining amal qilish muddati necha yil?

savol javob
savol javob

Savol❓ men oliy toifali o‘qituvchiman diagnostika testidan 70 ball olganman 2024 yil iyunda malaka oshirgan man onlayn.
Lekin hozirgi kunda maktabda ustama belgilashda sertifikatga ball bermayapdi shu qonuniy asoslimi

    HUQUQSHUNOS JAVOBI:  Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 20 dekabrdagi 867-son qaroriga1-ILOVA sifatida tasdiqlangan 

“Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 39-bandi Xodimlarning har 5 yilda belgilangan davomiylikdagi malaka oshirish dasturlarini o‘zlashtirishi majburiy hisoblanadi.

   Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

1-ILOVA sifatida tasdiqlangan Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini
BAHOLASH MЕZONLARIga asosan Malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi O‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lsa 10 bal berilishi belgilangan.

   Yuqoridagilarga asosan xodimlar har besh yilda bir marta malaka oshirish kurslariga borishi kerak. Siz 2024 yil iyun oyida malaka oshirib olgan sertifikatingizning  amal qilishi 5 yil hisoblanadi. Ya’ni 2029 yilgacha amal qiladi. Shu sababli, ustama tayinlashda sizni malaka oshirish sertifikatingiz  uchun 10 bal berishi kerak. Agar bal bermasa, Adliya bo‘limiga ariza berishiz kerak. Ular holatni o‘rganib chiqib sizga amaliy yordam beradi.

    @Huquqshunos_yordami

  Bankning "Qora ro‘yxatidan chiqish mumkinmi?