Men biologiya fani o’qituvchisiman,10 foiz ustamam bor, bu ustama faqat biologiya fani uchun to’lanadimi yoki ikkala fan uchun ham to’lanadimi

savol
savol

Savol: Men biologiya fani o’qituvchisiman, maktabda biologiya va tabiiy fanlardan dars beraman, direktor jamg’armasidan 10 foiz ustamam bor, bu ustama faqat biologiya fani uchun to’lanadimi yoki ikkala fan uchun ham to’lanadimi javobingiz uchun oldindan rahmat.

   Javob: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga

1-ILOVA sifatida tasdiqlangan
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 33 prim 1-bandiga asosan Pedagog xodimlarga belgilangan ustamalar ularning tarifikatsiya roʻyxatida ajratilgan dars soatlariga (oʻqituvchining tarif stavkasiga) mutanosib ravishda toʻlanadi.

       Yuqoridagi qoidaga asosan, biologiya va tabiiy fanlar sizga tarifikatsiya asosida berilgan bo‘lsa, ikkisi uchun ham direktor jamg‘armasidan 10 foiz ustama puli to‘lanadi. Agar faqat biologiya fani tarifikatsiya asosida berilgan bo‘lsa, faqat biologiya fani uchun 10 foiz direktor jamg‘armasidan ustama puli to‘lanadi.

    @Huquqshunos_yordami 

  8 mart kuniga sherlar va tabriklar