O‘zini-o‘zi band qilgan fuqarolar ish stajiga qanday ega bo‘ladi?

savol
savol

Agar Siz o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tsangiz va belgilangan miqdorda ijtimoiy soliqni to‘lab borsangiz, har bir ijtimoiy soliq to‘lagan yil Sizga “ishlangan yil” sifatida mehnat stajiga hisoblanadi.

    Maʼlumot uchun: o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga bir yil uchun ijtimoiy soliq miqdori - bazaviy hisoblash miqdorining  bir barobari (bugungi kunda 412 ming so‘m).

   Eslatma: mazkur imkoniyat faqat o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun joriy etilgan.

     ✅ Buni amalga oshirish uchun ikki qadam kifoya.

    Birinchi qadam. My.gov.uz platformasida onlayn shaklda yoki Davlat xizmatlari markazlariga borgan holda ro‘yxatdan o‘tiladi. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/491

   💬 Maʼlumot uchun: O‘zini o‘zi band qilish uchun 104 turdagi mehnat faoliyatlari ro‘yxatidan o‘ziga tegishli mehnat faoliyati turi tanlanishi kerak.

   Ikkinchi qadam. Soliq organlarida yoki “Soliq”, “Xazna”, “Click” mobil ilovalari orqali onlayn ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshiriladi.

 Konunchilikka asosan, 7 yil ish stajiga ega bo‘lmagan fuqarolar  pensiya olish huquqiga ega bo‘lmaydi.

  Xulosa qiladigan bo‘lsak, kelajakda pensiya olishingiz uchun bugun "ikki qadam" qo‘yishingiz kifoya.

    @Huquqshunos_yordami 

  Вафот этган ота ёки она номидаги омонатни олиш учун қандай ҳужжатлар талаб қилинади?