Men hozirda hech qayerda ishlamayman. Raqamlashtirish uchun qayerga murojaat qilishim kerak?
Agar mehnat faoliyatini yuritmayotgan (ishsiz) bo‘lsangiz mehnat daftarchangiz bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga murojaat qiling.
❓ Hozirda korxonada ishlayman. Mehnat daftarchamdagi yozuvlarni qanday raqamlashtiraman?
Agar siz ishlayotgan bo‘lsangiz ish joyingizdagi kadrlar bo‘limiga murojaat qilishingiz va barcha maʼlumotlaringizni “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni talab qilishingiz mumkin.
❓ Raqamlashtirish xizmati uchun pul to‘lashim kerakmi?
Mehnat daftarchangizdagi maʼlumotlarni raqamlashtirish mutlaqo bepul amalga oshiriladi.@Huquqshunos_yordami











