Bolani parvarishlash taʼtillari asosiy ish stajiga qo‘shiladimi?

savol
savol
  Mehnat kodeksining 400-moddasi Homilador ayollarga va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarga yillik mehnat taʼtillarini berish navbatini belgilashdagi imtiyozlar haqida. 

  Unga ko‘ra: Homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik mehnat taʼtili, ularning xohishiga ko‘ra, tegishincha homiladorlik va tug‘ish taʼtilidan oldin yoki undan keyin beriladi.

  Homilador ayollarni yillik mehnat taʼtilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

   Bolani parvarishlash taʼtilidan foydalanayotgan xodimga yillik mehnat taʼtili, uning xohishiga ko‘ra, bola parvarishlash taʼtilidan oldin yoxud undan keyin beriladi.

   Mehnat kodeksining 405-moddasi 5-qismiga asosan, Bolani parvarishlash taʼtillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.

    @Huquqshunos_yordami 

  Ҳодим йиллик меҳнат таътили даврида чет элга чиқиши мумкинми?