Savol? Turmush o‘rtog‘im bilan nikohimiz davrida otam menga mashina sovg‘a qilgan edi. Turmush o‘rtog‘im bilan ayrim sabablarga ko‘ra ajrashganmiz. Hozirda sobiq turmush o‘rtog‘im avtomashinadan ulush talab qilyapti. Bu to‘g‘rimi?
Javob: Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksining 25-moddasida: “Er va xotinning har birining mulki er va xotinning nikohga qadar o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulki, shuningdek, ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar asosida olgan mol-mulki ulardan har birining o‘z mulki hisoblanadi”, deb belgilangan.
Demak, hadya tariqasida berilgan har qanday mol-mulkdan ulush talab qilish noto‘g‘ri. @Huquqshunos_yordami











