XORIJIY TIL BILISH SERTIFIKATI MTTGA O‘TADIMI?

savol javob
savol javob

SAVOL: Men maktabda ishlardim. Yaqinda davlat bogchasiga ishga kirdim.xalkaro sertifikatim S 1 darajam bor.maktabda xalkaro sertifikatga 50 foiz ustama tulanadi bogchaga tulanmaydi. 50 foiz ustama uchun maktabda ishlang dedi xisobchilar, shu to‘g‘rimi?

   ✅ HUQUQSHUNOS JAVOBI: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.05.2021 yildagi PQ-5117-son qarori 7-bandida  taʼlim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanishi belgilangan.

   Mana shu qoidaga ko‘ra siz MTTda ingliz tilidan dars bersangiz, unda sizga ingliz tilidan olgan sertifikatingiz uchun ustama to‘lanadi.
  Вафот этган ота ёки она номидаги омонатни олиш учун қандай ҳужжатлар талаб қилинади?