KOLLEJDA OLGAN TOIFAM MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTIGA O‘TMAYDIMI

savol
savol
  Savol❓Men 2023 yilda pedagogika kollejida yetakchi o‘qituvchi toifasini oldim. yaqinda kollej tugatildi va men bog‘chaga direktor o‘rinbosarligi lavozimiga ishga qabul qilindim. Lekin ushbu navbatdan tashqari to‘lov qilib olgan toifam o‘tmas ekan. Bugalteroyani aytishi bo‘yicha men direktor o‘rinbosari degan toifa olishim kerak ekan. Shunda meni olgan toifalarim bekor bo‘ladimi. Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga o‘tmaydimi

  ✅ HUQUQSHUNOS JAVOBI: Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17-sentabrdagi 572-son qaroriga 1-ILOVA sifatida tasdiqlangan "Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 17-bandi Pedagog kadrlarning malaka toifalari (lavozimlari) boshqa taʼlim tashkilotlariga, taʼlim tashkilotlarining bir turidan boshqasiga yoxud nodavlat taʼlim tashkilotidan davlat taʼlim tashkilotiga ishga o‘tganda saqlab qolinadi.

  Bunda maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining ikkinchi malaka toifasi —o‘rta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining katta o‘qituvchisi lavozimiga, birinchi malaka toifasi — yetakchi o‘qituvchisi lavozimiga, oliy malaka toifasi — bosh o‘qituvchisi lavozimiga tenglashtiriladi.

  Yuqoridagi qoidaga asosan sizni pedagogika kollejida olgan yetakchi o‘qituvchi toifangiz maktabgacha taʼlim tashkilotida 1 toifa sifatida tan olinadi.  Yuqoridagilarni inobatga olib, sizga birinchi toifali pedagog sifatida haq to‘lashi kerak. Ish beruvchi sizga birinchi toifali pedagog sifatida ish haqi to‘lashdan bosh tortsa, Adliya bo‘limiga yoki prokuraturaga ariza berishiz kerak ular holatni o‘rganib chiqib sizga amaliy yordam beradi.

     @Huquqshunos_yordami 

  Ходим иш берувчи билан келишмаган ҳолда ўз ҳисобидан иш ҳақи сақланмаган ҳолда таътил олиши мумкинми?