O‘QISH DAVRIDA OYLIK ISH HAQI SAQLANADIMI

savol
savol
 ❓ Savol: Men Tibbiyot birlashmasida 20 yildan beri ishlayman fevral oyidan Tibbiyot birlashmasi  buyrug‘i bilan 720 soatlik Laporaskapik xirurgiya bo‘yicha o‘qishga ketyabman o‘qish kontrakti 17 mln so‘m ekan, o‘qishim davomida  o‘rtacha ish xaqimni to‘lab beringlar desam mumkin emas deyabdi, o‘rtacha ish xaqqim saqlanadimi maʼlumot bersangiz.

      ✅Javob: Mehnat kodeksining 370-moddasi Ish beruvchining xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir huquq va majburiyatlari haqida. Unga ko‘ra:

        Xodimlarni qayta tayyorlashga va ularning malakasini oshirishga boʻlgan zaruratni ish beruvchi belgilaydi, bundan xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish zarurati mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan hollar mustasno.

         Xodimlarni qayta tayyorlashga va oʻz malakasini oshirishga yuborish tartibi mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilanadi.

        Xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va oʻrtacha ish haqini saqlab qolishi shart.

        Yuqoridagi qoidaga asosan, Sizni o‘qish davrizda ish joyizdagi o‘rtacha oylik ish haqqingiz 100 foiz saqlanadi. Agar saqlanmasa, Adliya bo‘limiga yoki prokuraturaga ariza berishiz kerak ular holatni o‘rganib chiqib sizga amaliy yordam beradi.

     @Huquqshunos_yordami 

  "Boburnoma" mavzusida insho rejasi bilan