Boshqa shahsga tegishli pasport yoki ID kartani olib qo‘yish yohud garov evaziga qabul qilishga nisbatan qanday javobgarlik bor?

savol
savol

Cavol❓Erim bilan 1 yildan beri birga yashamaymiz lekin qonuniy ajrashmaganmiz. Bir nafar voyaga yetmagan qiz farzandimiz bor. Erim qizimning xorijga chiqish pasportini bizdan olib qo‘ygan. Deyarli barcha qarindoshlarimiz Qozog‘iston respublikasida yashaydi. Shuning uchun pasportni qaytarishini so‘raganimda doim bermasligini aytadi. Bu qanchalik to‘g‘ri?

      HUQUQSHUNOS JAVOBI:  Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 223 prim 3-moddasi Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani qonunga xilof ravishda olib qo‘yish yoxud pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani garovga olish haqida. 

   Unga ko‘ra: 

   Pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani shaxslardan qonunga xilof ravishda olib qo‘yish yoxud pasportni yoki identifikatsiyalovchi ID-kartani garovga olish, —

    mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Pasport, ID-karta, haydovchilik guvohnomasi va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar — shaxsning mulki emas, balki davlat mulkidir, shuning uchun ularni boshqa shaxs garovi sifatida qabul qilish yoki vaqtincha olib qo‘yish mutlaqo man etiladi.

   Yuqoridagi qoidaga asosan, Ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib qizingizni xorijga chiqish pasportini olib qo‘ygani uchun eringizni ma’muriy javobgarlikka tortishlarini va pasportni olishda amaliy yordam berishlarini so‘rashingiz kerak.

     @Huquqshunos_yordami

  Yangi olingan toifa qachondan boshlab kuchga kiradi? ( yoki Toifa Sertifikatlari qachon tarqatiladi?)