”Dekret”ga ketgan xodimning ish o‘rni (lavozimi) qancha muddatgacha saqlanadi?

savol
savol

Savol❓Men o‘rindosh bo‘lib ishga kirgandim. Men o‘rniga kirgan xodim tug‘ruq taʼtiliga chiqqan. Yaqinda ular oilaviy Green Chard yutib olishdi. Yaqinda Amerikaga uchib ketishadi. Savolim: boshqa davlatning fuqaroligini olib turib ham 3 yildan so‘ng o‘z ishiga qaytmoqchi bo‘lsa, ish o‘rni saqlanadimi? Men o‘rindoshligimcha qolib, qaytmoqchi bo‘lgan vaqtida bo‘shatib beramanmi?

 HUQUQSHUNOS JAVOBI: Mehnat kodeksining 405-moddasi 5-qismiga asosan, Bolani parvarishlash taʼtillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu taʼtillarning ko‘pi bilan olti yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi.

 Yuqoridagi qoidaga asosan, bola parvarishlash taʼtilida bo‘lgan xodimning o‘rni farzandi 3 yoshga to‘lguniga qadar saqlanadi. Agar xodim farzandi 3 yoshga to‘lgandan so‘ng ishga qaytmasa, ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qiladi. 

  Agar xodim farzandi 3 yoshga to‘lguniga qadar ishga qaytsa, siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi. Xodimning o‘rnini bo‘shatib berishiz kerak bo‘ladi.

    @Huquqshunos_yordami 

  Декрет”дан сўнг йиллик меҳнат таътилига чиқишим мумкинми?