Ertadan test boshlanadi. Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar #abituriyent

Ertadan test boshlanadi. Ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
#abituriyent

❓ Testga oq ko‘ylakda yoki shu kabi biror qat’iy formada kelish shartmi?

✅ JAVOB:
yo‘q, shart emas. Kiyimga cheklov qo‘yilmagan. O‘zingizga qulay bo‘lgan rangdagi, uslubdagi (masalan, sportcha) kiyimda kelavering. Va yana salgina madaniyat doirasida shortikda, shippakda, maykada kelmaslikka ham farosatingiz yetadi, degan umiddamiz.

Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?

✅ JAVOB:
Test sinovlariga kirish uchun faqat pasport (ID-karta) va qog’ozga chop etilgan «Abituriyent ruxsatnomasi» bo‘lsa kifoya. Ruxsatnomani shaxsiy kabinetingizdan yoki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow manzilidan yuklab olishingiz mumkin. Ruxsatnomani telefonda ko’rsatish hisobmas, albatta qog’ozga chop etish kerak.

Pasport yoki ID-kartaning elektron versiyasini ko’rsatsa bo’ladimi?

JAVOB: Yo’q, bo’lmaydi. Albatta hujjatning originali yoningizda bo’lishi kerak.

Testga qanaqa rangdagi ruchka olib borish kerak?

✅ JAVOB:
Hech qanaqa! Test sinovlariga o‘zingiz bilan ruchka olib kelishingiz shart emas, olib kelganingiz bilan baribir qo‘yishmaydi. Ichkarida ruchka, qoralama sifatida ishlatish uchun bo‘sh qog‘oz hamda suv beriladi.

Testga yegulik yoki suv olib kirishga ruxsat beriladimi?

JAVOB: Yo’q, ruxsat berilmaydi. Ichkarida suv tarqatiladi. Yegulikka kelsak, testda 1-2 soat oldin nimadir tanovul qilib olishingiz kerak. Va imkon qadar bu qorinni og’ritmaydiganroq yegulik bo’lsin. Och qorin bilan testga kirmang! Bu natijangizga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

❓ Testga soat olib kirishga ruxsat beriladimi?

JAVOB: Ha, beriladi. Faqat asosiy sharti soatingiz oddiy mexanik soat bo‘lishi kerak. Elektron hamda smart-soatlarga ruxsat berilmaydi.

❓ O‘qishga kira olmaganlarga to‘lagan pulini qaytarib beriladimi?

✅ JAVOB:
yo‘q, qaytarib berilmaydi. Avvalgi yili bitirganlardan olingan 187 ming 500 so‘m — bu testga kirish uchun edi. O‘qishga kirolmaganlarga bu pul qaytarilmaydi.

  УЙИМНИ СОТСАМ СОЛИҚ ТЎЛАЙМАНМИ?

      @Huquqshunos_yordami