Foydalanilmagan mehnat taʼtili o‘rniga pulli kompensatsiya olish mumkinmi?

savol
savol

Foydalanilmagan mehnat taʼtili o‘rniga pulli kompensatsiya olish mumkinmi?

  Savol: Men 2 yildan beri mehnat taʼtiliga chiqa olmadim  o‘zim bog‘chada tarbiyachi bo‘lib ishlayman menga derektorlikni yuklab turibdi bir yarim yildan beri shu tufayli menga tatil berishmadi qachon derektorlikni topshirsangiz undan keyin chiqasiz deyishdi. Shunda menga kompensatsiya to‘lanadimi va qancha. Qachon olishim kerak? 

 ✅ HUQUQSHUNOS JAVOBI: Har yilgi mehnat taʼtili har yili, ushbu taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar berilishi kerak. (MK 230-modda 1-qism)

  Mehnat kodeksining 230-moddasi 2-qismiga aosan Ishlab chiqarish xususiyatiga ega sabablarga ko‘ra joriy yilda har yilgi mehnat taʼtilini to‘liq berish imkoni bo‘lmagan alohida hollarda xodimning roziligi bilan taʼtilning o‘n to‘rt kalendar kundan ortiq bo‘lgan qismi keyingi ish yiliga ko‘chirilishi mumkin bo‘lib, ushbu yil davomida undan foydalanilishi shart. 

    Yaʼni xodim har yili taʼtilining maʼlum qismidan foydalanishi shart. 

   Mehnat Kodeksning 234-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

  Yuqoridagilarga asosan siz bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganda foydalanilmagan yillik mehnat taʼtil kunlaringiz uchun pullik kompensatsiya puli to‘lab beriladi.

     @Huquqshunos_yordami 

  Endi chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga B1 daraja ham imtiyoz beradi