KONTRAKT TO‘LOVINI DAVLAT TO‘LAB BERADIMI

savol
savol
   ❓ Savol: Turmush o‘rtog‘im bilan ajrashganman. Maktabda ishlayman. Farzandim talaba, o‘qishiga 18 000 000 so‘m to‘lashim kerak. Davlat tomonidan yordam olsam boladimi?

   ✅Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-noyabrdagi PF-222-son Farmoniga asosan 1-fevraldan boshlab Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalardagi kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari o‘quvchi-talabalarining to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

 Prezidentning 2025-yil 20-noyabrdagi 222-sonli farmoniga muvofiq, mazkur yordam “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali yoshlar ijtimoiy shartnomasi asosida taqdim etiladi.

 Bunda toʻlov-kontrakt summasi oʻquvchi-talaba bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma shartlarini bajarish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi.

 Yordamning umumiy miqdori bir oʻquv yili uchun bazaviy hisoblash miqdorining (BHM) 50 baravaridan oshmasligi lozim.

 Muhim❗️Mazkur yordam Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning 30 yoshdan oshmagan kasbiy taʼlim, bakalavriat va magistraturaning kunduzgi yoʻnalishida taʼlim olayotgan oʻquvchi-talaba aʼzolariga beriladi.

         Yuqoridagi qoidaga asosan, farzandingizni yoshi 30 yoshdan kichik bo‘lsa va oilangiz Kambagʻal oilalar reyestrida tursa, Mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisiga murojaat qilib kontrakt to‘lovini 50 foizini to‘lab berishlarini so‘rashingiz kerak.

     @Huquqshunos_yordami 

  Уч ёшга тўлмаган фарзанди бор ходимни ишдан бўшатиш мумкин эмасми?