KVOTA-2024 #abituriyent XOTIN-QIZLAR UCHUN

⚡️KVOTA-2024
#abituriyent✅ XOTIN-QIZLAR UCHUN
(qo‘shimcha 2000 ta davlat granti kvotasi)

📍 Qoraqalpog‘istonRespublikasi111;
📍 Andijon183;
📍 Buxoro112;
📍 Jizzax81;
📍 Qashqadaryo193;
📍 Navoiy60;
📍 Namangan165;
📍 Samarqand227;
📍 Surxondaryo155;
📍 Sirdaryo50;
📍 Toshkentviloyati177;
📍 Farg‘ona221;
📍 Xorazm110;
📍 Toshkentshahri155.

O‘tgan yillardagi kabi 3ta sohaga alohida kvota ajratilgan:

1) aniq va tabiiy fanlar;
2) texnika fanlari;
3) tibbiyot fanlari.

Mana shu uchta sohadan ortib qolgan kvotalar esa, umumiy boshqa barcha sohalar uchun bo‘ladi.

Masalan, Andijon uchun umumiy kvota 183 ta. Shu jumladan, aniq va tabiiy fanlar uchun 43 ta, texnika fanlari uchun 24 ta, tibbiyot fanlari uchun 29 ta kvota. Jami 96 ta o‘rin mana shu 3 ta sohaga ajratilmoqda. Qolgan 87 ta o‘rin esa boshqa barcha sohalar, masalan gumanitar, ijtimoiy, xizmatlar sohalari va h.k. uchun beriladi.

‼️MASLAHAT: yo’nalish tanlashda e’tiborli bo’ling. Agar bilimlaringiz yuqori bo’lmasa, unda o’tish bali pastroq sohani, ya’ni TEXNIKA sohasini birinchi yo’nalish sifatida tanlang.

❓Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

Batafsil va aniq misollar bu yerda:

Eng muhim maʼlumotlar:

✅ bu tavsiyanoma faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadi;
✅ faqat KUNDUZGI taʼlim shakliga qo‘shimcha kvota berilgan. Sirtqi, kechki yoki masofaviy uchun imtiyoz qo‘llanmaydi;
❗️shu sababli tavsiyanomasi bor xotin-qizlar birinchi yo’nalishga albatta kunduzgi ta’limni tanlashi kerak, yo’qsa tavsiyanoma kuchga ega bo’lmaydi;
✅ ushbu tavsiyanoma ball qo‘shib bermaydi.

‼️ Bu 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanomadan farq qiladi. U boshqa, bu boshqa. 5 yil staji bor xotin-qizlarga beriladigan imtiyoz haqida bu yerda o‘qishingiz mumkin:

  Ruxsatnomalar berish qachon boshlanadi?

👉 @xushnudbek 👈