KVOTA-2025 5 yillik stajga ega ayollar uchun imkoniyat

⚡️KVOTA-2025: 5 yillik stajga ega ayollar uchun imkoniyat
#abituriyent

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga 2500 ta qo‘shimcha joy
Agar sizda kamida 5 yil ish tajribangiz bo‘lsa, bu imkoniyat aynan siz uchun!

📌 Muhim eslatma: bu qo‘shimcha kvotalar faqat to‘lov-kontrakt asosida taqdim etiladi. Davlat granti uchun amal qilmaydi.

📚 Tavsiyanoma kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllari uchun ham mos keladi.

‼️ Diqqat: bu tavsiyanoma faqat birinchi tanlangan yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi va keyingi yo‘nalishlarga ta’siri yo‘q.


❓»Yo‘nalishlar ko‘rsatilmagan, faqat OTM nomi bor» — bu nimani anglatadi?

Kvotalar yo‘nalishlar kesimida emas, balki OTM (universitet) kesimida ajratilgan. Keling, sodda misol bilan tushuntiramiz:

🟩 Masalan, O‘zMU uchun 14 ta kontrakt kvotasi ajratilgan.
Aytaylik, 5 yillik stajga ega 30 nafar ayol birinchi yo‘nalish sifatida O‘zMUni tanladi. Ular turli yo‘nalishlarda: tarix, fizika, matematika va h.k.

✅ Avval ular umumiy tanlovda o‘z ballari bilan ishtirok etadi. Agar ularning bali tanlagan yo‘nalishiga yetarli bo‘lsa — ular oddiy tartibda talaba bo‘ladi, tavsiyanomaga hojat yo‘q.

🔄 Endi, agar 30 kishidan 15 tasi o‘qishga kira olmasa, ularga alohida tanlov o‘tkaziladi. Ballar taqqoslanadi, eng yuqori ball to‘plagan 14 nafar abituriyent kontrakt asosida birinchi tanlagan yo‘nalishiga qabul qilinadi.

👉 Boshqacha qilib aytganda, bu tavsiyanoma — asosiy tanlovdan o‘tolmaganlarga ikkinchi imkoniyat.


❓“Tavsiyanoma ball qo‘shib beradimi?”

❌ Yo‘q, bu imtiyoz ball qo‘shmaydi. Shunchaki alohida tanlov orqali yana bir bor kirish imkonini yaratadi.


Agar ushbu ma’lumotni boshqalarga ulashmoqchi bo‘lsangiz, ularni ham xabardor qilishga yordam beradi.


  Endi magistratura va doktoranturaga kirish uchun chet tili sertifikati kerak emasmi?