Magistratura talabalari faqat yarim stavkada ishlay oladimi?

savol
savol
     Savol: Men magistratura talabasiman. Ish joyida menga “1 stavkada ishlash mumkin emas, siz faqat yarim stavkada ishlaysiz”, deb cheklov qo‘yishmoqda. O‘qishimdan tashqari to‘liq 1 stavkada ishlash huquqim yo‘qmi? 

 Javob:  O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, magistratura talabalari uchun to‘liq (1 stavka) ishlashga taqiq qo‘yilmagan. Amaldagi me’yorlarda magistrlar faqat yarim stavkada ishlashi shart, degan cheklov mavjud emas.

  Biroq ish vaqtingiz asosiy o‘qish jarayoniga xalal bermasligi, darslarga qatnashish va ilmiy ish olib borish imkoniyatingiz ta’minlanishi shart. Ish beruvchi ish rejimini shu talablar bilan muvofiqlashtirishi mumkin, xolos.

 Shuningdek, har bir tashkilot o‘z ichki tartib-qoidalariga ega bo‘lgani uchun, ish beruvchi tomonidan qo‘shimcha talablar qo‘yilishi mumkin. Agar bunday cheklov qonuniy asosga ega bo‘lmasa, siz ulardan tegishli me’yoriy hujjatni ko‘rsatishlarini so‘rashga haqlisiz.

 Magistraturada o‘qish 1 stavka ishlash huquqini cheklamaydi. Qonun bilan bunday taqiq belgilanmagan.

     @Huquqshunos_yordami 

  Men biologiya fani o'qituvchisiman,10 foiz ustamam bor, bu ustama faqat biologiya fani uchun to'lanadimi yoki ikkala fan uchun ham to'lanadimi