Maktablar, boshqarmalar va vazirlik rahbariyati taʼlim muassasalari xodimlarini majburiy ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarga obuna boʼlishga majburlash huquqiga egami?

❓Maktablar, boshqarmalar va vazirlik rahbariyati taʼlim muassasalari xodimlarini majburiy ravishda ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarga obuna boʼlishga majburlash huquqiga egami?

Cavol❓Masala quyidagichadir: maktablar, boshqarmalar va vazirlik rahbariyati taʼlim muassasalari xodimlarini majburiy ravishda Telegram, Yutub, Instagram, Feysbuk kabi ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarga obuna boʼlishga majburlash huquqiga egami? Аxir, mazkur platformalardagi rahbariyat oʼzgargani munosabati bilan biz ushbu kanallarga bir necha bor obuna boʼlganmiz. Bu talab fuqarolarning axborot platformalari va kanallarini oʼz xohishiga koʼra tanlash huquqini buzish emasmi?

HUQUQShUNOS JАVOBI: Mehnat kodeksiga muvofiq xodimlarni ularning yozma roziligisiz, jumladan shunday rozilik berishga majbur qilingan holda ish haqidan obuna, kommunal toʼlovlar va boshqalar uchun ushlab qolish qonunga zid hisoblanadi.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi PQ-3907-sonli qaroriga muvofiq xalq taʼlimi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bogʼliq boʼlmagan ishlarga, ularning kasbiy faoliyati bilan bogʼliq boʼlmagan yigʼilishlar va boshqa tadbirlarga jalb qilish, ularning bosma nashrlarga va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarga majburan obuna boʼlishini tashkil etish taqiqlangan.

Shunday vaziyatlarda ish beruvchining harakatlari ustidan tuman prokuraturasiga shikoyat qilishingiz mumkin.

Hodim Oʼzbekiston Respublikasida taqiqlanmagan istagan ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarga obuna boʼlishi mumkin.

  Декрет”дан сўнг йиллик меҳнат таътилига чиқишим мумкинми?