👨👩👦Mustahkam oila
Oilamiz mustahkam,
Ahdida sodiq, mahkam.
Ajib chiroyli gulshan,
Yashnagan suyuk Vatan.
Ostonasi muqaddas,
Ozoda, pokiza, soz.
Olamiz erkin nafas,
Dillarda mehr, ixlos.
Otamlar tayanchimiz,
Onamlar quvonchimiz,
Jonday shirindir ukam,
Qadrli opam, akam.
Uyimiz nurga to’la,
Baraka, qo’rga to’la.
Oilamiz charog’on,
Yashaymiz shod, farovon.