❓Oila alohida yashayotgan boʼlsa ota yoki onaning farzandi bilan koʼrishish tartibi qanday?
Savol❓Meni kelinim 9 yanvarda ota uyiga ketib qolgan , nevaramizni qattiq sogʼinyapmiz , oʼgʼlim koʼrgani borsa uyda yoʼq , uhlayapti diyishadi yoki eshikni umuman ochishmaydi , ohirgi 3 yakshanbada shunaqa boʼldi , yashagisi kelmayapti bogʼlab oʼtirolmaymizku , 4 aprelda sud ishi qaytarildi , sud tomonidan .
Buvi bn bobo tomonidan sudga bersak boʼladimi? Nevaramni koʼrish uchun. Yoki oʼgʼlim kimga murojaat qilishi kerak farzandini koʼrish uchun?
HUQUQShUNOS JАVOBI: Oila kodeksining 66-moddasining mazmuniga koʼra bola qarindoshlari bilan koʼrishish huquqiga ega. Ushbu kodeks qoidalariga muvofiq bola ota-onasiga birinchi darajali qarindosh hisoblandi. Shunday ekan, ota-ona farzandlar bilan koʼrishish huquqiga ega.
Shuningdek, mazkur kodeks 71-moddasiga koʼra ota-ona oʼz bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga egadir.
Bundan tashqari kodeks 73-moddasida ota-ona oʼz bolalarini tarbiyalash huquqiga egaligi va tarbiyalashi shartligi mustahkamlab qoʼyilgan.
Sizdagi holatni yanada aniq ochib beradigan normaga eʼtiboringizni qaratamiz. Qarang! Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan koʼrishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va taʼlim olishi masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega. Bu norma Oila kodeksi 76-moddasida keltirilgan.
Oliy sudi Plenumining 1998 yil 11 sentyabrdagi 23-sonli «Bolalar tarbiyasi bilan bogʼliq boʼlgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qoʼllash amaliyoti toʼgʼrisida»gi qarorining 7-bandiga muvofiq:
➖ boladan alohida yashayotgan ota-onaning huquqidan kelib chiqqan holda u bilan koʼrishishda, shuningdek voyaga yetmaganning shu ota-ona bilan koʼrishish huquq va manfaatlarini himoya qilish zaruratidan kelib chiqib, sud har bir aniq ishning holatlarini inobatga olib hal qiluv qarorining xulosa qismida koʼrilish tartibini (vaqti, joyi, koʼrishish davomiyligi va h.k) bayon etishi lozim.
Shunga koʼra sizdagi vaziyatda bola bilan qachon, qanday tartibda koʼrishish mumkinligini sud belgilab beradi.Fuqarolik ishlari boʼyicha tumanlararo sudga siz va oʼgʼliz ariza berib bola bilan koʼrishish huquqini belgilab berishlarini soʼrashiz kerak.
@Huquqshunos_yordami