O‘rtacha ish haqi qanday hisoblanadi?

savol
savol

O‘rtacha ish haqi qanday hisoblanadi?

O‘rtacha ish haqi — bu xodimning oxirgi 12 oy ichida olgan mehnatga doir daromadlarining o‘rtacha miqdori hisoblanadi. 

    U xizmat safari, mehnat taʼtili, kasallik taʼtili, o‘qishga ketish, tibbiy ko‘rik, vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish va boshqa hollarda kerak bo‘ladi.

 Hisoblash tartibi:

 Faol ishlagan 12 oy ichidagi maosh, ustama va mukofotlar jamlanadi.

 Shaxsiy to‘lovlar (moddiy yordam, yo‘lkira va h.k.) kiritilmaydi.

 Ishlanmagan kunlar (kasallik, taʼtil, tug‘ruq) chiqarib tashlanadi.

  O‘rtacha kunlik ish haqi = jami daromad / (12 oy x 25.3 kun).

   Agar xodim 12 oydan kam ishlagan bo‘lsa, hisob rasmiy ish boshlagan kundan boshlanadi.

    @Huquqshunos_yordami 

  Mehnat daftarchasini raqamlashtirish bo‘yicha ayrim savollarga javoblar