Quyosh
Quyosh buncha shoshasan,
Bulutlardan oshasan.
Botmay tursang boʼlmasmi?
Yoki onang koʼnmasmi?
Shoshma, bir oz, botmay tur,
«Yotogʼinga» ketmay tur.
Botmay tursang, juda soz,
Oʼynab olaman bir oz.
Soʼngra mayli botsang xam,
Yotogʼinga ketsang xam!…
Abdulla Pulatov
Yer sayyorasi bilan suhbat.
Meni taniysan do‘stim,
»Ona yer»ing bo‘laman.
Mehringdan jonlanaman,
Yashnab, ko‘chga to‘laman.
Bugun men tanishtiray,
Opa~singillarimni!
Nomlarini keltiray,
Jonday azizlarimgni.
Mendan sal oldinroqda,
Sayr qiladi Merkuriy.
Venera xam porlaydi,
Keyingisi Mushtariy.
Mendan keyin naq yana,
Uchar to‘rtta sayyora.
Mana Neptun va Uran,
Saturn xam yagona!
Bizlar opa~singillar,
Joylashganmiz, ko‘kda biz.
Quyoshning atrofida,
Harakatda bo‘lamiz.
Karmana tuman 8-DMTT tarbiyachisi Xasanova Nilufar
Sayohatchi oymomo
Tun chirog‘i oymomo,
Go‘yo ko‘rgandek kino.
Yerni qilar tomosha,
Bog‘lar osha, qir osha.
Chigirtka chalar g‘ijjak,
Notada xato bordek.
Tun qushi – ko‘rshapalak,
Ko‘rgandek go‘zal malak.
Oy tomonga uchadi,
Soya ko‘rsa qochadi.
Olmani ortib belga,
Kirpi tushibdi yo‘lga.
Qurullagan qurbaqa,
Balki qilgandir xafa?!
Suvda jimirlar shu’la,
Buloq aytar ashula:
“Oymomojon rom bo‘ldi,
Yulduz kulcha non bo‘ldi”.
Oyni debmi shirmoy non,
Daydi it yig‘lar chunon.
Bu ishing bo‘ldi chakki,
Deb ukki berdi dakki.
Gulzorda nomozshomgul,
Oyga mahliyo butkul.
Taratar xushbo‘y ifor,
Atrof sokin, yo‘q g‘ubor.
Oy quyoshga dugona,
Bir-biriga hamxona.
Demak, go‘zal mohitob,
Do‘stin qidirar shitob.
Bo‘g‘zigacha to‘lib suv,
Hovuz yotar pastda – huv.
Oy sayr qilar hamon,
Suzadi hovuz tomon.
Tiniq suv bo‘lib ko‘zgu,
Oymomo ko‘rdi o‘zni.
Dedi, ko‘kdagi gulman,
Yerga g‘amxo‘r singilman.
Tun ham behad chiroyli,
Men borligim tufayli!
Sayrdan mamnun bo‘lib,
O‘zidan ko‘ngli to‘lib,
Sekin yorisharkan tong,
Oy qaytdi uyi tomon.
Ergashdi Zuhro yulduz,
Olamga qoldi kunduz.
Muhabbat Hamidova
Ер сайёраси- ўз уйимиз
Ватанимиз бепаён
Яшар унда қуёш ой
Унда қушлар, гуллар бор
Шилдираган сувлар бор.
Биз яшаймиз шод хуррам
Билмаймиз қайғу-алам.
Саёрамиз каттадир
Жуда сахий ва бойдир.
Тоғлар, ўрмон далалар
Қазилмаю бойликлар
Жаннатмакон уйимиз
Сайёрамиз асрайлик.
Тоза сақлаб атрофни
Табиатни асрайлик.
Сақлайлик меҳр ила,
Қуш , ҳайвон, ҳашоратни.
Фазога етди донғи
Гул, нурга тўлган тонги
Халқим севиб дер уни
Менинг Ўзбекистоним.
Заминимиз асрайлик
Билиб олсин ҳар бола
Гул, боғлар буркайлик
Она сайёрамизни!