Qaramog‘ida 3 yoshga to‘lmagan farzandi bor xodim attestatsiyaga jalb qilinmaydimi?

savol
savol

Savol❓Men Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida ishlayman. Dekret tatilidan ishga qaytganimga 4 oy boldi qaramog‘imda 2 va 1 yoshli bolam bor attestatsiyaga kiritilishim to‘g‘rimi? Qonunda manga nisbatan qanday imtiyoz bor?

    HUQUQSHUNOS JAVOBI: 

Attestatsiya xodimning egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq yoki muvofiq emasligini tekshirishning bitta yo‘li sanaladi.

  O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarori 29-bandida xodimning noloyiqligi bajarishi shart bo‘lgan, topshirilgan ishni uddalay olmayotganligini isbotlovchi aniq faktlar shu jumladan attestatsiya hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim.

   Mehnat kodeksining 409-moddasiga asosan, bolasi uch yoshga to‘lguniga qadar bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan xodim bilan mehnat shartnomasini xodimning malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga loyiq emasligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandiga muvofiq bekor qilishga xodim ta’tildan chiqqan kundan e’tiboran bir yil ichida yo‘l qo‘yilmaydi.

   Mehnat kodeksining 409-moddasiga muvofiq sizning 3 yoshga to‘lmagan farzandingiz borligi sababli, siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasini attestatsiyadan o‘ta olmaganingiz uchun bekor qila olmaydi. Shu sababli, ish beruvchi sizni attestatsiyaga jalb etmasligi kerak.

    @Huquqshunos_yordami

  Ўриндошликдаги иш жойидан отпускной (таътил пули) тўланмайдими?