Qaramogʼida 3 yoshga toʼlmagan farzandi bor xodim attestatsiyaga jalb qilinmaydimi?

savol
savol

Qaramogʼida 3 yoshga toʼlmagan farzandi bor xodim attestatsiyaga jalb qilinmaydimi?

Savol❓Men Oila va xotin-qizlar qoʼmitasida ishlayman. Dekret tatilidan ishga qaytganimga 4 oy boldi qaramogʼimda 2 va 1 yoshli bolam bor attestatsiyaga kiritilishim toʼgʼrimi? Qonunda manga nisbatan qanday imtiyoz bor?

HUQUQShUNOS JАVOBI: Аttestatsiya xodimning egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga muvofiq yoki muvofiq emasligini tekshirishning bitta yoʼli sanaladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarori 29-bandida xodimning noloyiqligi bajarishi shart boʼlgan, topshirilgan ishni uddalay olmayotganligini isbotlovchi aniq faktlar shu jumladan attestatsiya hujjatlari bilan tasdiqlanishi lozim.

Mehnat kodeksining 409-moddasiga asosan, bolasi uch yoshga toʼlguniga qadar bola parvarishlash taʼtilida boʼlgan xodim bilan mehnat shartnomasini xodimning malakasi yetarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga yoki bajarayotgan ishiga loyiq emasligi munosabati bilan ish beruvchining tashabbusiga koʼra ushbu Kodeks 161-moddasi ikkinchi qismining 3-bandiga muvofiq bekor qilishga xodim taʼtilьdan chiqqan kundan eʼtiboran bir yil ichida yoʼl qoʼyilmaydi.

Mehnat kodeksining 409-moddasiga muvofiq sizning 3 yoshga toʼlmagan farzandingiz borligi sababli, siz bilan tuzilgan mehnat shartnomasini attestatsiyadan oʼta olmaganingiz uchun bekor qila olmaydi. Shu sababli, ish beruvchi sizni attestatsiyaga jalb etmasligi kerak.

     @Huquqshunos_yordami 

  Maktablarda kadrlar bo‘yicha menedjer asosiy shtatdan tashqari dars o‘tishga haqqi bormi ?