suv sayli bayrami uchun qisqa sherlar

Suv sayli bayrami.

Xovuzimiz oldida,
Qurdik yangi bir sahna,
Gul bezaklar yonida,
Baliq,delfen bor yana.

Akula, qisqichbaqa,
Sakkizoyoq,toshbaqa,
Ustozlar tinim bilmay,
Yasadilar erinmay.

Mudiramiz bosh unga,
Yangilik yaratar kunda,
Ciroy ochdi hammayoq,
Bolalar xursand quvnoq.

Yigirmanchi iyul kuni,
Suv bayrami bo’ladi,
Taklif qilamiz sizni,
Neptun bobo keladi.

Suv #qiroli #Neptun.

Men suv qiroli Neptun,
Dengizdaman tunu kun,
Salobatli baland bo’yim,
Duru gavxardan uyim.

Suvda suzar baliqlar,
Akula,kit, delfinlar,
Hamma suv jonivorlari,
Xizmatimda ular bari,

Qo’limda sehrli hassa,
Bayramni boshlaymiz asta,
Bolajonlarim kelinglar,
Bugun o’ynab kulinglar.

Suv qiroli mehmonda.

Yozda bizga mazzada,
Suv bayrami yaqinda,
Yayrab o’ynab quvnaymiz.
Kuy qushiqlar kuylaymiz

Hammasidan qizig’i,
Suv qiroli kelarmish,
Bog’chamizni o’g’il qizi,
Neptundan sovg’a olarmish.

Bo’lar suv jonivorlari,
Qaroqchi suv pariylari,
Tanishamiz tez kunda,
Suv qiroli mehmonda.