”Suyunchi puli” faqat birinchi farzand uchun beriladimi?

savol
savol

Savol❓Men yaqinda farzandli bo‘ldim suyunchi pulini olamanmi yoki yo‘qmi maktabda ishlayman?

   HUQUQSHUNOS JAVOBI: Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“Suyunchi puli”) 2024 yil 1 apreldan boshlab farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli birinchi farzandi uchun barcha ayollarga to‘lanadi. 

   Ikkinchi farzandi uchun esa farzand tug‘ilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilaning aʼzosi bo‘lgan ayollarga rasmiylashtiriladi. Qolgan barcha holatlarda farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini rasmiylashtirish rad etiladi.

  Yangi tartibga ko‘ra, “suyunchi puli” olish uchun fuqaro Davlat xizmatlari markaziga (DXM) borib, ariza yozadi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) ro‘yxatdan o‘tib, so‘rovnomani to‘ldiradi va uni elektron shaklda Ijtimoiy himoya milliy agentligiga yuboradi. Keyin agentlik nafaqani tayinlash yoki tayinlashni rad etish bo‘yicha qaror qabul qiladi. 

  Birinchi farzandingiz bo‘lsa suyunchi puli beriladi.

    @Huquqshunos_yordami 

  Суюнчи пули” фақат биринчи фарзанд учун бериладими?