Talabalar turar joyi uchun qanday ariza yuboramiz?

Talabalar turar joyi uchun qanday ariza yuboramiz?

       Joriy o’quv yili uchun talabalar turar joylariga (TTJ) joylashish istagida bo‘lgan talabalar 1-avgustdan boshlab ariza topshirishni boshlashlari mumkin.

Ariza yuborish:

1. my.gov.uz portaliga OneID orqali kirasiz yoki Ro’yxatdan o’tasiz.
2. Xizmatni tanlaysiz.
3. Ariza to’ldirib, yuborasiz.

Ariza natijasi uch xil ko’rinishda bo’lishi mumkin:

Yo’llanma berish: Arizangizga ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, dastlabki taqsimot o‘tkazilgandan so‘ng, sizga uch ish kuni ichida yotoqxonaga yo‘llanma yuboriladi.

Arizani qabul qilish to’g’risida xabarnoma: Imtiyozlar bo‘lmasa, dastlab imtiyozga ega talabalarga yotoqxona taqsimoti yakunlangach, talabalar turar joyi to‘liq taqsimlanguniga qadar arizangizga javob beriladi.

Arizangiz rad etiladi: Yo’llangan arizangiz turli sabablarga ko’ra rad etilishi mumkin. Rad etilgan taqdirda, rad etish sabablari ko’rsatilgan xabarnoma olasiz.

      Imtiyozli talabalarning arizalarini ko’rib chiqilgandan so’ng, imtiyozsiz talabalarga maxsus navbat raqami beriladi va yotoqxonada bo’sh o’rinlar bo’lsa, shu navbat bilan turar joy uchun yo’llanma olishadi.

Imtiyozli toifaga kiruvchi talabalar uchun ustuvorlik:

🔹 «Mehribonlik uyi» tarbiyalanuvchilari, yetimlar va ota-ona qaramog‘idan mahrum talabalar;
🔹 «Ijtimoiy himoya yagona reestri», «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan talabalar;
🔹 I va II guruh nogironligi bor talabalar;
🔹 Bitta oiladan 2 yoki undan ortiq farzandi to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi bo‘limda o‘qiyotgan talabalar;
🔹 Xalqaro va respublika fan olimpiadalari g‘oliblari;
🔹 «Yil talabasi» va «Talabalar teatr studiyalari» tanlovlarining respublika bosqichi g‘oliblari;
🔹 «Zakovat» intellektual o‘yini respublika bosqichi g‘oliblari;
🔹 TTJda qavat sardori yoki talabalar kengashi raisi bo‘lganlar.
Umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun kvota taqsimoti
🟢 1-kurs talabalariga — 55% dan 65% gacha;
🟡 2-kurs talabalariga — 15% dan 20% gacha;
🔴 3-kurs va undan yuqori kurs talabalariga — 20% dan 25% gacha.

  Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi?

      @Huquqshunos_yordami