Texnikumlarga hujjat topshirish 10 avgustgacha uzaytirildi

❗️Texnikumlarga hujjat topshirish muddati 10 avgustgacha uzaytirildi

2025 yilda umumiy o‘rta ta’limni (9-sinf) tamomlagan bitiruvchilar 519 ta texnikumdan birida o‘qish uchun my.edu.uz platformasi orqali 10 avgustgacha (shu kuni ham) onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Qabul davlat granti asosida kunduzgi yoki dual ta’lim shaklida amalga oshiriladi.

Shuningdek, 14 ta texnikumdagi xalqaro ta’lim dasturlariga ham grant asosida qabul ochiq. Hujjatlar — my.edu.uz orqali onlayn topshiriladi.

  KVOTA-2024 #abituriyent XOTIN-QIZLAR UCHUN