Yoz mavsumida o‘tkaziladigan «Qaroqchilar orolida»o‘yini senariy.

Yoz mavsumida o‘tkaziladigan sog‘lomlashtiruvchi, ko‘ngil ochar»#Qaroqchilar orolida»o‘yini uchun senariy.
🏝🏝🏝🏝🏝🏝🏝🏝🏝🏝🏝🏝
O‘yin ochiq havoda, quvnoq musiqali dastur va quvnoq harakatli o‘yinlar shaklida o‘tkaziladi.
Atrofni o‘rmonzor tasvirini beruvchi maketlar, gul va o‘simliklar bilan bezash mumkin.

(»Mo‘jizalar oroli»o‘yinini davomiy qismi qilish ham mumkin.)
Bolajonlar tarbiyachi opasi bilan sayohatga chiqishgan.(Boshlarida panama.)
Tarbiyachi:
~Bolajonlar o‘tgan safargi sayrimizda bo‘ronga uchrab,»Mo‘jizalar oroli»ga tushib qolganimiz esingizdami?
Sizlar judayam chaqqon, jasur, mard va bilimdonliklaring bilan shartlarni a’lo bajargandingiz!
Bolajonlar sizlarga sayohatimiz yoqayaptimi? Qaranglar tabiat juda go‘zal o‘simliklar turli hil ekan.
~Bog‘cha opa,odamlar nega sayohatga chiqishadi?
~Qadim zamonlardan odamlar tabiati yaxshi,suvi bor joylarni o‘zlariga makon qilishgan.Va shunday yerlarni izlab sayohatga chiqishgan.
Keyinchalik esa»Oltin»deb nomlanuvchi qimmatbaho metall topilgach,endi odamlar oltin izlab sayohatga chiqishgan.Hozirda esa,turli mamlakatlarning tabiati va qadimiy inshoatlarini tomosha qilish uchun sayohatga chiqishadi.
Bu qanday orol ekan?Hech kim ko‘rinmayapti?
~Balki,biz ham yangi orol topgandirmiz!
(shu paytda bir to‘da qaroqchilar chiqib kelishadi.)
~Bu orol bizning orolimiz!
»Qaroqchilar oroli». Bizlar dengizda kemalarni asir olib, boyliklarini tortib olamiz! Kemadagi yo‘lovchilari esa bizga xizmat qilishadi. Ovqat qilib, kirimizni yuvishadi. Yana yer kovlab, oltin topib berishadi.
~Sizlar noto‘g‘ri ish qilar ekansizlar! Axir bular yomon odatlarku!
~Ha, ha, ha axir biz QA ROQ CHI LAR MIZ!!!

(Qaroqchilar raqsi.)

Qaroqchilar sardori:
~Bildingizmi? Ana shunaqa! Endi esa ishga!
Tarbiyachi:
~Bizning bir shartimiz bor!
Bolajonlar bilan musobaqa o‘ynaysizlar. Agar, biz g‘olib bo‘lsak, bizni va boshqa asirlarni ozod etasizlar. Agar, sizlar g‘olib bo‘lsangiz mayli, biz ishlashga rozimiz.
~Qanaqa shart!? Hech qanday shart yo‘q! Ishga kirishing!
~Voy, siz hali shu kichik bolalar bilan bellashishga qo‘rqayapsizmi?
~Biz hech kimdan qo‘rqmaymiz!
~Unday bo‘lsa, shatrga rozimisizlar?
(qaroqchilarning kulgusi)
~Mayli, bir maza qilib musobaqa o‘ynasak~o‘ynabmizda!
Lekin ehtiyot bo‘linglar!

1~shart.
Bir tomonga Ikkita stollar ustiga bo‘sh kichik satilchalar qo‘yiladi.
Ikkinchi tomonga katta satillar va suv olish uchun kichik o‘yinchoq chashkachalar.Oradagi masofa, 10~metrlar atrofida.Masofalar orasiga sport to‘ziqlari teng miqdorda terilgan.
Qaroqchilar va bolalar komandasidan 10~nafardan qatnashchilar navbati bilan o‘yinchoq chashkachalarga suv to‘ldirib,to‘siqlardan aylanib o‘tib,stol ustidagi bo‘sh idishni to‘ldirish kerak.

Birinchi shartdan keyin»Sport»qo‘shig‘iga gemnastika harakatlari bilan raqs sahnalashtirish mumkin.

2~shart.
Komanda ishtirokchilarining soniga teng stullar ikki qator qilib, yonbosh bilan qo‘yiladi. Har bir stulni orasiga suv bilan to‘ldirilgan idishlar qo‘yiladi. Stullarni start va finish joyiga bittadan savat, savatlarni bilinchisilariga bir hil miqdorda kichik koptokchalar qo‘yiladi.
Ishtirokchilar stullarga o‘tirgan holatda, oyoqlari yordamida koptokchalarni bitta~bitta finishfagi savatchslarga ko‘chirishi kerak.

Ikkinchi~shartdan keyin quvnoq harakatli raqs sahnalashtirish mumkin.

3~shart.
Har bir komandadan bittadan ishtirokchi spotr skameykasi ustida, yostiqchalar bilan bir~birini skameykadan tushirishi kerak.
(albatta shartlarda bolalar qaroqchilardan ustun kelishi kerak😂👍).

Tarbiyachi:
~Barakalla, bolajonlarim! Ko‘rdingizmi, qaroqchilar sardori, biz yengdik!
Qaroqchini jahli chiqib, sheriklarini (yolg‘ondakam) quvib qoladi. Qaygib:
~Ha sizlar juda chaqqon va kuchli ekansizlar.
Tarbiyachi:
~Endi sizlar ham asirlar va bizni ozod qiling!
Qaroqchi:
~Mayli, lekin avval kuchli va chaqqon bo‘lish sirini bizga ham o‘rgating!
Tarbiyachi:
~Buning siri:
Hamma:
~Sport, sport, sport!

»Sport» qo‘shig‘i ommaviy ijro etiladi.

Tamom.