Nikoh shartnomasining afzalliklari nimada, nima uchun ushbu shartnomaga extiyoj kuchayib bormoqda?

savol
savol

Nikoh shartnomasi — er va xotinning mol-mulkiy huquq va majburiyatlarini nikoh davrida va uni tugatgandan so‘ng tartibga soluvchi huquqiy hujjat bo‘lib, u har ikki tomon uchun teng huquq va manfaatlarni taʼminlaydi.

  Nikoh shartnomasi nimasi bilan afzal.

   1. Mol-mulk munosabatlarini aniq belgilaydi - qaysi mulk umumiy, qaysi shaxsiy ekanligini yozma ravishda belgilanadi.

   2. Har ikki tomonning huquqiy tengligini taʼminlaydi - shartnoma ikkala taraf manfaatiga xizmat qiladi.

   3. Kelajakdagi nizolarning oldini oladi - ajralish yoki nizo holatida masalalar tinch yo‘l bilan hal etiladi.

   4. Oilaviy barqarorlikni kuchaytiradi - moliyaviy munosabatlar aniq va ochiq bo‘ladi.

  5. Qonun doirasida erkinlik beradi - tomonlar shartnomani o‘z xohishiga ko‘ra tuzish va o‘zgartirish huquqi doim saqlanib qoladi.

  Er va xotin uchun nikoh shartnomasining foydali jihatlari 

  Er uchun:
  • biznes yoki shaxsiy mulkni himoya qiladi;
  • moliyaviy barqarorlikni saqlaydi;
  • qarz yoki moliyaviy risk holatlarida xotinning manfaatlariga taʼsir etmasligini taʼminlaydi. Xotin uchun:
  • nikohdagi hissasi huquqiy eʼtirof etiladi;
  • erning moliyaviy majburiyatlarini aniq belgilaydi;
  • ajralish holatida moddiy jihatdan himoyalanishini kafolatlaydi. Xulosa, nikoh shartnomasi  bu ishonchsizlik belgisi emas, balki oilaviy munosabatlarni huquqiy muhofazaga olish vositasidir. U orqali er va xotin ham iqtisodiy, ham huquqiy jihatdan himoyalangan, barqaror va shaffof munosabat qurishlari mumkin.

    @Huquqshunos_yordami 

  8 mart kuniga sherlar va tabriklar