Nikoh shartnomasi — er va xotinning mol-mulkiy huquq va majburiyatlarini nikoh davrida va uni tugatgandan so‘ng tartibga soluvchi huquqiy hujjat bo‘lib, u har ikki tomon uchun teng huquq va manfaatlarni taʼminlaydi.
Nikoh shartnomasi nimasi bilan afzal.
1. Mol-mulk munosabatlarini aniq belgilaydi - qaysi mulk umumiy, qaysi shaxsiy ekanligini yozma ravishda belgilanadi.
2. Har ikki tomonning huquqiy tengligini taʼminlaydi - shartnoma ikkala taraf manfaatiga xizmat qiladi.
3. Kelajakdagi nizolarning oldini oladi - ajralish yoki nizo holatida masalalar tinch yo‘l bilan hal etiladi.
4. Oilaviy barqarorlikni kuchaytiradi - moliyaviy munosabatlar aniq va ochiq bo‘ladi.
5. Qonun doirasida erkinlik beradi - tomonlar shartnomani o‘z xohishiga ko‘ra tuzish va o‘zgartirish huquqi doim saqlanib qoladi.
Er va xotin uchun nikoh shartnomasining foydali jihatlari
Er uchun:- biznes yoki shaxsiy mulkni himoya qiladi;
- moliyaviy barqarorlikni saqlaydi;
- qarz yoki moliyaviy risk holatlarida xotinning manfaatlariga taʼsir etmasligini taʼminlaydi. Xotin uchun:
- nikohdagi hissasi huquqiy eʼtirof etiladi;
- erning moliyaviy majburiyatlarini aniq belgilaydi;
- ajralish holatida moddiy jihatdan himoyalanishini kafolatlaydi. Xulosa, nikoh shartnomasi bu ishonchsizlik belgisi emas, balki oilaviy munosabatlarni huquqiy muhofazaga olish vositasidir. U orqali er va xotin ham iqtisodiy, ham huquqiy jihatdan himoyalangan, barqaror va shaffof munosabat qurishlari mumkin.
@Huquqshunos_yordami











